1. Pul nazariyasining mohiyati Pulning metallik nazariyasi Pulning nominallik nazariyasi



Yüklə 67,57 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü67,57 Kb.
#137476
1   2   3   4
Nominal pul nazariyasining mohiyati va uning tarafdorlari

2.Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI– XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik
sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida
vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural – feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik nazariyasi kishilik jamiyatining natural – feodal tuzumi davriga borib taqaladi.
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi,
metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab –
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor
etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya’ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar.
Ularning ta’limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy
pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin
pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta’kidlaydilar.
Dastlab pulning metallik nazariyasi angliya iqtisodiy nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. Metall pul nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford (1554 – 1642) T.Men (1571 – 1641), D.Nors (1641 – 1691)larni ta’kidlash mumkin. Ularning pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas,
balki metall pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining ma’lum davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan.
Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene va Adam Smitlar ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Klassik maktabining fiziokratlar
yo‘nalishining asoschisi Fransua Kene o‘zining ishlab chiqarish va takror ishlab
chiqarish munosabatlariga bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha
e’tibor qaratadi. Xususan, u takror ishlab chiqarish qo‘shimcha xarajat
(investitsiya)lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo‘shimcha xarajatlar metall
ko‘rinishida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va

iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metalll tangalardan iborat bo‘lishi, birinchidan ular o‘zining dastlabki xossasini yo‘qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o‘z aksini topgan ta’limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.


Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar «ko‘rinmas qo‘l» qoidalari va «tabiiy tartiblash» tizimi yordamida amalga oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan ta’limotni ilgari suradi. Ularning nazdida “ko‘rinmas qo‘l” talab va taklif bo‘lib, ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan moddiy ne’matlari bilan bozordagi taklifni shakllantiradi, iste’molchi esa ma’lum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan harakati natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana shu jarayonda tomonlarning manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar massasi va ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik natijasida o‘zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun taklif etilayotgan tovar massasi pul massasiga nisbatan ko‘p bo‘lsa ularning bahosi pasayadi va iste’molchining tanlov imkoniyatlari ortadi va aksincha.
Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metall tangalarning ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qo‘l kelishi asosida metall pul nazariyasini ilgari suradilar, chunki to‘lov vositasi sifatida metall tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bo‘lganda, metall tangalarning ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda taklif etilayotgan tovar va moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lib, kelgusida ham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul sohibiga katta ishonch bag‘ishlaydi va avtomatik ravishda bozordagi talab va taklifga qarab ma’lum davrda to‘lov vositasi sifatida, ma’lum davrda esa moddiy boylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari ham shunda bo‘lib, muomalada metall pullar to‘lov vositasi vazifasini bajargan paytda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi vujudga kelmagan, shu bilan birga davlat tomonidan pul – kredit siyosatini amalga oshirish va tartibga solish kabi masalalariga ehtiyoj tug‘ilmagan.
Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining ayrim kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilarda ko‘rinadi.

Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning barcha funktsiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullarni keyinchalik ularning o‘rinbosarlari hisoblangan qog‘oz pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish mumkinligini va uning tabiatini tasavvur qila olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda ham qog‘oz pullar Xitoyda juda keng miqyosda to‘lov vositasini bajarar edi.


Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullarni tovar ayirboshlash munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy – iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar.
Uchinchidan, metallik pul nazariyachilari ta’limotida boylikning asosini savdo tashkil etadi, boylikning asosini oltin va boshqa qimmatbaho metallarni jamg‘arishda degan noto‘g‘ri tasavvur mavjud edi. Bu jamiyatda har qanday boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho metallar emas, balki boylik kishilarning moddiy va ma’naviy jihatdan yetukligi hamda har qanday boylikning asosida mehnat yotishini inkor etishdi.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida metallik pul nazariyasi bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to‘liq qondirmay qoldi, bu ushbu nazariyaning o‘z o‘rini yo‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq muddat davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki metallik pul nazariyasini yoqlab nemis (K.Knis, 1821 – 1898 yy.), ikkinchi jahon urushidan keyin amerkalik (M.Xalpern), frantsuz (Sh.Rist, A.Tulemon, J.Ryueff, M.Debre), angliyalik (R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda ma’lum ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Yüklə 67,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə