1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja


Falsafiy dunyoqarashning umumiy tamoyillari



Yüklə 54,38 Kb.
səhifə5/8
tarix12.05.2022
ölçüsü54,38 Kb.
#86844
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5278607689746749923

Falsafiy dunyoqarashning umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.

2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.

3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur yetadi.

4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.

5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.

6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan harakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.

7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.

Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.


Yüklə 54,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə