1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati reja


Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili



Yüklə 54,38 Kb.
səhifə3/8
tarix12.05.2022
ölçüsü54,38 Kb.
#86844
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5278607689746749923

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo‘lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi.

Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo‘lgan. Agar shunday bo‘lmaganida, har qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalonqoch holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo‘lar edi.

Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo‘lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bo‘lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.



Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo‘lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo‘lishidir.

Dunyoqarashning shakllari. Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoliyat bo‘lgani bois, u borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:

1. Axloqiy.

2. Diniy.

3. Huquqiy.

4. Siyosiy.

5. Ekologik.

6. Estetik

Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.

Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi.

«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo‘lagiga aylanadi.

Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo‘lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo‘lganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda.

Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qaxramonlar timsolida ifoda etilgan.

Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.



Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.

Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi. Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.




Yüklə 54,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə