Glossariy Jamoa



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə1/4
tarix13.10.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#127771
  1   2   3   4
Глоссарий


Glossariy
Jamoa – 1) yagona jamiyat va kishilar uchun foydali maqsad, faoliyatga ko‘ra birlashgan, jamiyat va kishilar manfaatini ko‘zlaydigan kishilarning tashkiliy guruhi; 2) kishilarning qadimiy uyushuv shakli.
Jamoaviylik – jamoa bilan birdamlik, o‘zini jamoaning bir bo‘lagi deb his qilish tuyg‘usi.
Jarayon – muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o‘quv harakatlar majmui
Sinf, o‘quv sinfi – 1) o‘quv yili davomida yagona o‘quv dasturi bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘quvchilar jamoasi; 2) badiiy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning biror o‘quv predmeti bo‘yicha ixtisoslashtirilgan guruhi (masalan, kompozitsiya sinfi); 3) maktabda o‘quvchilar shug‘ullanadigan xona; 4) maxsus jihozlangan, muayyan sanitariya-gigiyena talablariga (yoritilishi, maydoni va boshqalarga ko‘ra) javob beradigan o‘quv xonasi.
Sinf jurnali – o‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishi, darsga qatnashishi va o‘rgangan mavzulari ifodalangan asosiy hujjat.
Sinf rahbari muayyan sinfga biriktirilib, mazkur sinf o‘quvchilari jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy ishlar olib boradigan o‘qituvchi.
Sinf sardori – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinf intizomi, maktab tartib-qoidalariga rioya etish, tadbirlarda, fanlardan o‘zlashtirishni nazorat qilishda sinf rahbariga yaqindan ko‘maklashuvchi o‘quvchi.
Sinfdan tashqari ishlar – 1) umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri; 2) darsdan tashqari vaqtda tashkil etiladigan maqsadga qaratilgan mashg‘ulotlar.
Sinfdan tashqari o‘qish – maktab adabiyot o‘quv dasturida sinfda o‘rganish uchun tavsiya etilmagan adabiy asarlar, yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodi haqida tashkil etiladigan o‘qishlar.
Sinflarni komplektlash – o‘quv yili boshida o‘tkazilib, o‘quvchilarining yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinfni to‘ldirish meyorlariga ko‘ra ularning sinflarga taqsimlanishi.
Tarbiya – 1) shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; 2) yosh avlodni mujassam rivojlantirishga yo‘naltirilgan umuminsoniy hamda milliy ijtimoiy tajribani o‘quvchi va talabalarga uzluksiz taqdim etish jarayoni.

Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə