Bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 413,63 Kb.
səhifə1/27
tarix27.12.2023
ölçüsü413,63 Kb.
#162321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Majmua


O‘ZBEKISTON OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI
KAFEDRASI

1-KURS TALABALARI UCHUN
BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI” FANIDAN

MA’RUZA MASHG‘ULOT
ISHLANMALARI


Namangan – 2022

Kirish
Maktabgacha ta’lim taraqqiyoti samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim shatri hisoblanadi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar o‘qish shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarina qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarning malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ladi.Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi” dagi PF-5198-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan. Maktabgacha ta’lim – ta’lim tizimining mustahkam poydevori bo‘lib, aynan shu davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga undovchi umuminsoniy xislatlari shakllana boshlaydi. Kichkintoyning shaxsiy faolligi ayniqsa, rasm chizish, qurish-yasash, musiqa va boshqa faoliyat turlarida takomillashib boradi. Bunda bolaning oson o‘zlashtirishida faoliyat turlarining o‘yin tarzida tashkillashtirilgani samarali natija ko‘rsatadi. Ta’limiy jarayonlarni tizimli olib borish va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi yaqindan yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
“Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi bolani intellektual va jismoniy rivojlantirish, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash jihatlari zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda qayta ko‘rib chiqildi. Dastur maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga moslashtirildi, aniqlashtirildi, misollar bilan boyitildi. Noan’anaviy usullarda ishlash yo‘llari ko‘rsatildi. Shuningdek, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini himoyalash, ta’lim-tarbiya jarayonini puxta olib borish, uning taffakkur, tasavvur va nutqini rivojlantirish bilan birga, mustaqil o‘rganishga, fikrlashga, ijodkorlikka, o‘z shaxsini hurmat qilish, o‘ziga ishonch tuyg‘usini shakllantirishga qo‘yilgan vazifalar kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy tomondan boyitildi.



Yüklə 413,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə