Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiylashuv mexanizmlari



Yüklə 413,63 Kb.
səhifə9/27
tarix27.12.2023
ölçüsü413,63 Kb.
#162321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Majmua

Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Frantsuz olimi Gabriel Tard amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V. Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko’rsatish imkoniniberadi:
1.I.P.Podlasыy tasnifibo’yicha:
Bostirish mexanizmiuning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlarimavjud.Ichkimexanizm ham o’zo’rnida ixtiyoriy vag’ayriixtiyoriyga bo’linadi. G’ayriixtiyoriy mexanizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir
Ajratish mexanizmiBu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishdakuzatiladi
O`z-o`zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o`z “Men”ini cheklab qo`yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suzaboshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlarimavjud.
identifikatsiya mexanizimi introyektsiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;

Yüklə 413,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə