Bolalarning ijtimoiy moslashuvi



Yüklə 413,63 Kb.
səhifə8/27
tarix27.12.2023
ölçüsü413,63 Kb.
#162321
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Majmua

Mavzu yuzasidan savollar
1.Ijtimoyilashuv tushunchasi mazmuni?
2.Ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina nechta asosiy soxada amalga oshishi mumkin?
3. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari bu?
4. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan qanday yosh davrlari qo‘llaniladi?
5. Ijtimoiylashuv agentlari bu?
6. Shaxs ijtimoiy muxitdan uzilgan xolda mavjud bo‘la olmaydi. R.Kipling tomonidan qanday asarni misolda ko’rishmiz mumkun?
Foydalanigan adabiyotlar.

  1. Mudrik A.V. Ijtimoiy pedagogikaga - M, 1997, 101-bet

  2. Bocharova V.G. Ijtimoiy ish pedagogikasi. - M., 1994, 94-bet

3-Mavzu: Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.
Mavzu rejasi:

  1. Makro, mikro omillar ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.

  2. Ijtimoiylashuv omillari.

  3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.

Tayanch tushunchalar: omillar, megaomillar (mega-eng katta), makroomillar (makro-katta), mezoomillar (mezo-o`rta), biologik omillar, o`z-o`zini cheklash,identifikatsiyalash, empatiya mexanizmi.


Ijtimoiylashuvning omillari ikki - tashqi va ichki guruxga bo`linadi. Ijtimoiylashuv bolalar, o`smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko`p sonli shart-sharoitlar bilan o`zaro munosabatida yuzaga keladi.
Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O`rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas.
Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo`linadi: tashqi va ichki.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi.
Megao millar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetar jarayonlarni kiritsa bo`ladi.
Makro-omillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barchaaholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko`rsatadigan omillarni kiritiladi.
Mezo omillar (mezo-o`rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko`raajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sirqiladi.
Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga -oila, qo`shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlari kiradi. Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir- biridan mustaqil o`rganishning iloji yo`q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko`rsatiladi.

Yüklə 413,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə