Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-Mavzu: Dyeviant hulq – ijtimoiy pyedagogik muammo sifatida



Yüklə 413,63 Kb.
səhifə27/27
tarix27.12.2023
ölçüsü413,63 Kb.
#162321
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Majmua

14-Mavzu: Dyeviant hulq – ijtimoiy pyedagogik muammo sifatida.
REJA:
1.Deviant xulq-atvor tushunchasi va uning turlari 2. Deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari 3. O‘smirlik yoshida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi va sabablari
Tayanch so‘zlar: deviant xulq-atvor, sabablar, maktabgacha davr, o‘smirlik davri, muammo Deviatsiya va uning turlari.
Odatda deviatsiyalar o‘spirinlik davrida yuzaga keladi. O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o‘tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridan chetga chiqqan o‘smirlarni qiyin o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta’sirga qarshilik ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o‘rganiladi. Deviatsiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘liq va insonning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatini aks ettiradigan xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi. Avval aytib o‘tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo‘ladi. O‘smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi ehtiyojlariga mos tushuvchi mikrosotsium o‘zaro munosabati. Agar bolani atrofdagilari o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratishsa, uning xulq-atvori doimo normal bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va sivilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunsak bo‘ladi. Aftidan chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim: maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar; yetim bolalar; ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab o‘z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo‘lishadi; giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar; jinsiy intizomsiz bolalar; g‘ayriqonuniy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda. Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor – mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy normalar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g‘ayriintizomiy deb atasak ham bo‘ladi. Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, chaqiruv, o‘qishdan qochish va daydilik, boalar va o‘smirlarning aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq asotsial harakatlar, jinsiy xarakterdagi asotsial hatti-harakatlar, o‘ziga suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo‘ladi. Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning takrorlanib turuvchi asotsial hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi; g‘arazli xulq-atvor: kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari. Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo‘lib, turli xil omillar bilan izohlanadi.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1.Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: irsiy xususiyatlar; aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrofmuhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Yorqin namoyon bo‘lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo‘ladi. O‘smirlarga xos bo‘lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-biriga emotsional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. O‘smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g‘arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o‘smirlarga infantilizm, ko‘ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo‘lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Maktab o‘quvchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi: o‘quv dekompensatsiyasi – bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan holat; maktab dezadaptatsiyasi – o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati; ijtimoiy dezadaptatsiya – bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi. Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda asotsial xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular: o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi; to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq a ijtimoiy munosabatlar turi. Shafqatsiz muomala (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘allarga sinflashishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z aksini topadi. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish. O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O‘smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo‘lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o‘smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan. Profilaktika – o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga suyanadi: 1. Ijtimoiy-madaniy normani o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay inson jamiyatning to‘la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi. 2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining g‘ayrinormal alomati, balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi. 3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo‘lgan boladan kelib chiqishi lozim. 4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak. “Profilaktika” atamasi o‘zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijtimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo‘ladi: neytrallashtiruvchi; o‘rnini to‘ldiruvchi; ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi; bu holatlarni bartaraf etuvchi; o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi. Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud: Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar. Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o‘tkazishdan iborat. Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og‘ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o‘smirning ijobiy xislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi. Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar: 1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo‘ladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning to‘la qonli sub’ekti bo‘lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko‘rsatishlari mumkin. 2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og‘ish bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab o‘tilga funksiyalarni bajara olishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam ko‘rsata olishi lozim. 3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘ligi buzilgan va funksional og‘ishlarga ega bolalar: surunkali somatik kasalliklar, funksional buzilishlar, asab-ruhiy hastaliklar, aqliy qoloqlik, nogironlik. Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o‘tkazishlari mumkin. Reabilitatsion yordam xarakteri: kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish, jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish, tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish, anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish. Adaptatsiyadan farqli o‘laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko‘nikish maqsadida qo‘llanadi. Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir. Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi. Ruhiy reabilitatsiya o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o‘tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy xislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish; voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash; kasbiy, o‘quv, ijtimoiy-madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash; uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo‘lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash; nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.); oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o‘z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish; voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish; boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu vazifalar ko‘lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi: 1. ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga; 2. ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga 3. turli sabablarga ko‘ra deprivatsiyaga mayli borlarga; 4. noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga; 5. yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo‘lmaganlarga). Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi; ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam; ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish; shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish; oilaga qaytib kelishga ruxsat; normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash; ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi. Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash, bolalarga muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish. Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Qiyin tarbiyalanadigan bolalarning reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega. Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasida o‘zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi. Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etish vositalarini qidirish; ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish; tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash; o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish; 88 maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish. Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari: mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish; sheriklik; reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi; ketma-ketlik; individual, insoniy yondashuv. Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi. Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat. Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko‘zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b. Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin o‘tishni ko‘zda tutadi. Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zda tutadi. Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologikpedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo‘ladi. Avvalambor u bolalarni o‘z maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o‘quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar shug‘ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri yo‘lga solinadilar. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida tiklashga qaratiladi\


1

2 “Маҳалла” хайрия жамғармасини тузиш тґғрисидаги 1992- йил 12 сентябрдаги ҳамда “Маҳалла” хайрия жамғармасига маблағ ажратиш тґғрисидаги 1992- йил 8-октябрдаги фармонлари, 1993-йил 2 сенябрдаги “Фуқароларнингўни-ўзи бошқариш органлари тўғрисидаги “Ўзбекистон Республикасининг Қонуни қабул қилиниши ёрқин мисол бўлади”.

3


Yüklə 413,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə