Bolalar serebral falajligi (bsf)



Yüklə 49,51 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü49,51 Kb.
#136885
  1   2
fayzullayeva sitora BSF


JDPU pedagogika va psixalogiya fakulteti
Maxsus pedagogika (logopedya ) yo’nalshi
talabasi Fayzullayeva Sitora
Telefon: +998915667254
Bolalar serebral falajligi (BSF)
ANNOTATSIYA: ushbu maqolani yozishdan maqsad harakat tayanch a’zolarda nuqsoni bo’gan bolalar yani bolalar serebral falaji (BSF) kasalligiga uchragan bolalar bilan pedagogik va korreksion ishlarni olib borish jarayonini yaxshilash , ularning psixologik holatini ham inobatga olgan holda har bir bolaning nuqsoniga indivudual yondashib ular bilan logopedik mashg’ulotlarni olib borish.
KALIT SO’ZLAR: tayanch, a’zolar , serebral falaj, korreksion , pedagogik , indivudal , logopedik , psixologik
AННОТАЦИЯ: целью написания данной статьи является совершенствование процесса проведения педагогической и коррекционной работы с детьми с нарушениями работы основных органов движения, то есть детьми с детским церебральным параличом (ДЦП), с учетом их психологического состояния и с использованием индивидуального подхода. к инвалидности каждого ребенка. Проводить логопедические занятия.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: поддержка, органы, детский церебральный паралич, коррекционный, педагогический, индивидуальный, логопедический, психологический.
ABSTRACT: the purpose of writing this article is to improve the process of conducting pedagogical and correctional work with children with disabilities in the basic organs of movement, i.e. children with cerebral palsy (BSF), taking into account their psychological state and taking an individual approach to each child's disability. conduct speech therapy training with.
KEY WORDS: support, organs, cerebral palsy, correctional, pedagogical, individual, logopedic, psychological

Respublikamizda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash, o'qitish vatarbiyalash masalalari davlar siyosati darajasiga ko'tarilgan, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi " Qonuni (23-modda) va davlat tomonidan 1992 -yilda ratifikarsiya qilingan BMTning"Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi (23-modda)da nogiron bolalarni alohida parvarishlash , ta'limdan foydalanish, munosib turmushkechirish huquqlariga egaligi e'tirof etilgan .Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi"gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim -tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida "ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALARGA TA'LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA"gi qarori qabul qilindi.Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat.Shu bilan birga, inklyuziv tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birgalikda oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi.Bolalar serebral falaji : bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yo'naltiruvchi yo'llarni zararlanishi bilan kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligi hisoblanadi. Bolalar serebral falaji kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan: surunkali kasalliklar, homilaning erta yoki kech tug'ilishi, infeksion kasalliklar, homladorlik vaqtida turli xil jarohatlanishlar, ona va homila qonining rezus faktor va guruhi bo'yicha to'g'ri kelmasligi, bundan tashqari genetik factor faktorlar ham asos bo'la oladi.Bolalar serebral falajida harakat sohasini buzilishi turli darajada namoyon bo'ladi: harakatning buzilishi shunday og'ir bo'lishi mumkinki, u bolaning erkin harakat qilishidan butunlay mahrum qiladi, muskullarning tonusi deyarli zarar ko'rmagan taqdirda ham bolalar o'ziga o'zi xizmat qilishni qiyinchilik bilan egallaydilar.Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarda asosan ularning tayanch hamda nutq a’zolarida kamchiliklarni ko’rshmiz mumkin . Bolalar serebral falaji perinatal davirda bosh miyaning turli xil strukturalarda bo’ladigan o’zgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patalogiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Bolalar serebral paraliji mono-, gemi-, para-, tetraparalich va parezlar , mushak tonusdagi patalogiyalar ,gipperkinez , nutqdagi kamchiliklar , harakat kordinatsiyasi buzilishi, bolaning motorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolish bilan kechadi .


Dunyodagi 700 million aholining 10% i nogironlardir. Shular qatorga mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi . Mujassam nuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular kompleks nuqsonli anomal bolalar kategoriyasi deb ataladi.
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji poliomelit (shol kasaligi alomatlari ) harakat tayanch a’zolarning turli tug’ma va orttirilgan deformatsiyasi, artropripoz , oyoq qo’llarning majruxligi , axondroshgaziya yoki xondrodstrofiya -tana, bo’yin , boshning normal rivojlanayotgan bir paytda tug’ma oyoq qo’l suyaklar o’sishining orqada qolishi , miopatiya mushak to’qimalarda moddalar almashinuvi bilan bog’liq bo’gan irsiy kasalliklar, mushaklar yaxshi qisqarmaydi va kishi qo’l oyoqlarini harakatga keltira olmaydi .
Bolalar serebral falaji (BSF) – bosh miyani xomiladorlik va tugʼruq vaqtida jarohatlanishi yoki rivojlanmay qolishi xisobiga kelib chiqadigan juda koʼp kasalliklarni oʼz ichiga oluvchi kasalliklar guruxidir. Bu kasalliklarda quyidagi umumiy sabab va belgilar kuzatiladi:

  • Perinatal (tugʼruq atrofida) davrda yuzaga keladi – yaʼni kasallik rivojlanishi tugʼruqdan oldin, tugʼruq vaqti yoki tugʼruqdan keyin yuzaga keladi.

  • Bosh miya va orqa miya toʼqimasini alohida yoki birgalikdagi organik shikastlanishi.

  • Koʼproq harakat tizimida buzilishlar kuzatiladi. Bundan tashqari muvozanat, koʼrish, nutq va ruhiy buzilishlar xam kuzatiladi.

  • Surunkali va progressivlanmaydigan(«zoʼraymaydigan”, «kuchaymaydigan”) kechadi. «Soxta progressiya” – degan tushuncha xam mavjud boʼlib, bunda bola oʼsishi davomida unda ilgari kuzatilmagan yashirin belgilar paydo boʼla boshlaydi. Bunga odatda miyaga qon quyilishi, insult, epilepsiya va tananing boshqa kasalliklari sabab boʼladi.

  • Irsiyatdan berilmaydi va yuqumli emas.

  • Reabilitatsiya qilish imkoni mavjud. Reabilitatsiya oqibatida bemorning yashash darajasini va ijtimoiy xolatini yaxshilash imkoni yuqori.


Yüklə 49,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə