Bolalar serebral falajligi (bsf)


Bolalar serebral falajligining sabablari nimalar?



Yüklə 49,51 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü49,51 Kb.
#136885
1   2
fayzullayeva sitora BSF

Bolalar serebral falajligining sabablari nimalar?

  • Olimlar bu kasallikka olib keluvchi 100 dan ortiq sabablarni keltirib oʼtgan. Ulardan baʼzilarini keltiramiz:

  • BSF bemorlarning 40-50% i vaqtidan ilgari tugʼilgan bolalardir. Ularda aʼzolar yaxshi rivojlanmaydi va bosh miyaga kislorod yetishmay gipoksiya roʼy beradi.

  • 10% gacha xolatda tugʼriq vaqtidagi asfiksiya(boʼgʼilish)ga toʼgʼri keladi.

  • Yana bir asosiy sabab – onadagi infektsiyalar boʼlib, ularning toksik taʼsiri natijasida bola bosh miyasi rivojlanmay qoladi.

  • Rezus konflikt – bola va ona qonidagi rezus omillarning mos kelmasligi.

  • Xomilaning kattaligi yoki onadagi tor chanoq.

  • Yoʼldoshni vaqtidan oldin koʼchishi.

  • Tugʼruq vaqtida – xomila atrofi suvini vaqtli teshib qoʼyish, dori-darmon bilan tugʼruqni tezlatish, bolani notoʼgʼri kelishi va b.

  • Tugʼruqdan keyin – bosh miyani zararlovchi ogʼir infektsiyalar(meningit, entsefalit), ogʼir metal bilan zaharlanish(simob), bosh miya travmalari va boshqalar bo'lishi mumkin.

Bosh miyyadagi harakat markazlarning jarohatlanish darajasi , xususiyatlariga ko’ra, bolada harakat tayanch a’zolarning turli xildagi falajlanshi kelib chiqadi. Shunga ko’ra bu toifadagi nuqsonli bolalar quydagicha klassifikatsiyalanadi.
Uning bir nechta turlari mavjud:

  1. Spastik turi (Littl kasalligi) – eng koʼp tarqalgan boʼlib, jami kasallarning 40% iga toʼgʼri keladi. Chala tugʼilganlarda koʼproq kuzatiladi. Bolaning birinchi yoshida belgilari koʼzga koʼrinadi. Ularda spastik tetraparez, yaʼni qoʼl va oyoqda «tortishish” boʼlib, oyoqlarda kuchliroq kuzatiladi.

  2. Ikki tomonlama gemiplegik shakli – bu ogʼir shakllaridan biri boʼlib, 2% gacha uchraydi. Bolaning birinchi oyligidan oʼz belgalarini bera boshlaydi. Bunda xam oyoq va qoʼllarda parez boʼladi lekin bir tomonda kuchliroq kuzatiladi.

  3. Giperkinetik shakli – 10% xolatda uchraydi va xoxishsiz harakatlar xamda nutq buzilishi koʼproq kuzatiladi. Kasallik belgilari bolaning birinchi yoshi oxiri va ikkinchi yoshining boshida yuzaga chiqadi. Bemorning qoʼli, oyogʼi, yuz mushaklari va boʼyni oʼz-oʼzidan, xoxishsiz harakatlanadi. Bu harakatlar bolaning xissiyotli xolatlarida kuchayib ketadi. Gapirishi kechroq boshlanadi. Nutqi sekin, tushunarsiz va monoton boʼladi. Ularda aqliy rivojlanish meʼyorda boʼlib, maktabni xatto institutlarni xam aʼlo baxolarga tugatishi mumkin.

  4. Аtonik-astatik turi – 15% xolatda uchraydi. Ularda tugʼilgandan boshlab gipotoniya (tonusi past) boʼladi. Bolaning oʼtirishi, turishi va yurishi ancha kech qoladi. Muvozanati buziladi va odatda qoʼl-oyoq, boshda tremor (qaltirash) kuzatiladi.

  5. Gemiparetik shakli – 32% xolatda uchraydi. Tananing bir tomonidagi qoʼl va oyoqda kuzatiladi. Bu shaklni bola tugʼilishi bilan aniqlash mumkin. 40-50% xolatda tutqanoqlar uchraydi.

Serebral falajlikning barcha turlarida o’ziga xos bo’lgan nuqsonlarni ko’rishmiz mumkin . Bolalar serebral falajida olib boriladigan logopedik ishning maqsadi artikulatsion apparati hamda harakat sezgilarini rivojlantirishdan iborat. Artikulatsion harakat sezgilarini yaxshilash uchun olib boriladigan mashg’ulotlar oyna yordamida harakatlarni ochiq ko'z bilan ko’rish kuzatish va harakatlarini yopiq ko'z bilan diqqatli bo'lib, his etish kabi mashqlar bosqichma -bosqich qo'llaniladi. Logopedik ish bolaning shunday holatida o'tkaziladiki, tonik reflekslar nutq matorikasiga deyarli ta'sir o'tkazmasligi talab etiladi. Bu holat nevropotolog va logoped hamkorligida amalga oshiriladi. Agard bola logopedik mashg'ulot o'tilayotganda o'tirgan holatda bo'lsa, diqqatni uni boshini harakatiga qaratish zarur. Ba'zi holatlarda bosh maxsus apparat yordamida ushlab turiladi. Mashg'ulot o'tkazilayotganda oyna va logopedning yuzi bola ko'zi chizig'ida joylashtiriladi. Bola uchun zarur holat tanlangandan so'ng massajga hamda artikulatsion muskulatura gimnastikasiga o'tiladi. Bolalar serebral falajidagi dizartriyaning o'ziga xos tomonlari bu umumiy va nutqiy matorikaning buzilishi, dizartriyani turli shakllari bolalar serebral falajini ma'lum bir shakllari bilan bog'liqligidir. Ishni tayyorlov davrida umumiy muskullarni bo'shashtirish va nutq muskulaturasidagi tonusni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi.Bolalar serebral falajida artikulatsion matorikaning buzilishini o'ziga xos tomonlaridan biri og'iz avtomatizmi bilan bog'liq tug'ma reflekslarni qayta rivojlanishidagi to'xtab qolishdir. Bular: so'rish, yutish reflekslari, tishlash va boshqalardir. Bu reflekslar namoyon bo'lishi ixtiyoriy artikulatsion harakatlarni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.Bolalar serebral falajida dizartriyali bolalar turli harakatlarni bajarganlarida umumiy va nutq muskulaturasida muskul tonusining oshganligi ularning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Mashg'ulotlar vaqtida bunday bolardan haddan tashqari kuch talab etilmaydi. Chunki, bu narsa muskul tonusining ortishiga va tovush talaffuzining buzilishining kuchayishiga olib kelishi ham mumkin. Nutqiy nafasni rivojlantirish uchun puflashga oid turli mashqlar tavsiya etiladi. Lekin, kichik yoshdagi serebral falajligi bo’lgan bolalar uchun bu mashqlar har doim ham foydali bo'lmaydi. Negaki, ular bu mashg’ulotni bajarishda haddan tashqari kuch ishlatishlari mumkin. Bu esa umumiy muskul tonusining ortishini kuchaytirishi mumkin. Bola lug'atini rivojlantirish uchun bolaning amaliy va hissiy tajribasini kengaytirishga qaratilgan dastlabki korreksion tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bola hayotining dastlabki davrlaridanoq faol ravishdagi predmet amaliyot harakatlarini shakllantirishaga intilishi zarur. Logoped bolaning onasini bola bilan birgalikda bo'ladigan o'yinlarga jalb qilishi lozim. Bu jarayonda esa uning nutqi avvalgiga nisbatan birmuncha rivojlanib boradi.
Xulosa qilib aytganda, "Serebral falajlanish nuqsoniga ega bolalar" bilan lug'atni shakllantirish bo'yicha ishlar bosqichma -bosqich amalga oshirib borilishi lozim. Birinchi bosqichda bolalar predmetlar bilan ularning tasviri va ular bilan bajariladigan ishlar bilan birlamchi tanishtiriladi. Bu o'rinda bolaning e'tiborini jalb qilishga va uning javob reaksiyasini qo'zg'atishga yordam beradigan bir qator usullar qo'llaniladi: ya'ni predmetni kutilmaganda, ya’ni to'satdan paydo bo'lib qolishi yoki yo'qolishi, uning harakati. Shunday qilib serebral falajligi bo’lgan bolalar leksikasini takomillashtirish va boyitish predmet -amaliy va o'yin faoliyati bilan uzviy bog'liq holda olib boorish zarur,shuningdek, sensor funksiyalarini rivojlantirish va ularning korreksiyasini ongli faoliyati bilan chambarchas bog'lagan holatda tashkil qilishni ko'rsatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar :
1.D.R.Madazizova " Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari "T.: O'zbekiston faylasuflari milly jamiyati "nashriyoti 2018
2.M.U. Xamidova . Maxsus pedagogika .- T.; “Fan va texnologiya “ 2018
3.P.M Po’latova Maxsus pedagogika ( oligofrenopedagogika ) G’. G’ulomova .
4.Maxsus pedagogika Toshkent -“ fan va texnalogiya “ 2014-yil . Ayupova .
5.Avitsenna uz.
6. Bolalar serebral falaji (BTsF) – qanday kasallik -Milliy Tibbiyot Portali (medikuz.uz)
Yüklə 49,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə