Glossariy Jamoa



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə3/4
tarix13.10.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#127771
1   2   3   4
Глоссарий

Tarbiyalanuvchi – tarbiyaviy ta’sir obyekti hisoblangan shaxs
Tarbiyalash – shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni. Mustaqil O‘zbekistonda tarbiya, asosan, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida, shaxsni har tomonlama rivojlanishiga hamda faol va ongli insonni tayyorlashga qaratiladi.
Tarbiyalovchi ta’lim – tarbiya elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim jarayoni.
Tarbiyani tashkil etish shakllari — tarbiyaviy ishlar mazmunini ifodalovchi tarbiyaviy vosita va tashkiliy usullar majmui, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro birgalikdagi faoliyati, aniq harakat va vaziyatlarni tashkil etish tartibi.
Tarbiyachi – keng ma’noda tarbiyani amalga oshiruvchi yoki tashkil qiluvchi muallim, murabbiy yoki ta’lim-tarbiya jarayonini boshqaruvchi shaxs. Tor ma’noda o‘quv – tarbiya muassasalarida bolalar va o‘smirlar orasida tarbiyani olib boruvchi mas’ul shaxs.
Tarbiyachining shaxsiy namunasi – ota-ona, o‘qituvchi va boshqa obro‘-e’tiborli shaxsning hayoti va faoliyati bilan bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Jarayon muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o‘quv harakatlar majmui.
Metod (yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) – ta’lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, o‘rgatish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmui.
Metodik ish – o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish va ularning metodik malakalarini oshirish.
Metodik qo‘llanma – o‘qituvchilarga mo‘ljallangan maxsus kitob.
Metodist – muayyan o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis.
Metodologik yondashuv – metodologik yondashuv pedagogik jarayon va unda qatnashuvchilar faoliyatini tashkil etishning yetakchi tamoyillardan biri.
Metodologiya – tadqiqotchining nazariy-amaliy pedagogik faoliyatini tashkil etish tamoyillari, u amal qiladigan meyoriy-huquqiy, nazariy-falsafiy yondashuvlar, qonuniyatlar, qarashlar yig‘indisi.

Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə