Glossariy Jamoa



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə2/4
tarix13.10.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#127771
1   2   3   4
Глоссарий

«Tarbiyai atfol» (bolalar tarbiyasi) – Buxoro jadidlari tashkil etgan ma’rifiy jamiyat (1908-14).
Tarbiya jurnali – tarbiya muammolarini bajarishga ixtisoslashgan nashr.
Tarbiya mazmuni — qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ko‘ra o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan qat’iy xulq-atvor meyorlari, bilim, e’tiqod, ko‘nikma, malaka va shaxsga xos axloqiy-ma’naviy sifatlar hamda xususiyatlar tizimi.
Tarbiya maqsadi – jamiyatning alohida shaxsga nisbatan ehtiyojlarining aks ettirilishi, uning mohiyati ideal talablarining nazariy umumlashmasi.
Tarbiya metodi— tarbiyaviy ta’sirni amalga oshirish va tarbiya vazifalarini hal etishning umumiy majmui.
Tarbiya metodlari – shaxsni shakllantirish uchun tarbiyalanuvchida ehtiyoj hissini uyg‘otish, o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuasi.
Tarbiya psixologiyasi – pedagogik psixologiyaning shaxsning aqliy, axloqiy hamda estetik jihatdan tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Tarbiya uylari – qarovsiz va yetim bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi maskan.
Tarbiyaviy jarayon – jamiyat a’zolarining ijtimoiy tajribasi, xulq-atvori, meyorlarini o‘quvchilarga singdirish jarayoni.
Tarbiyaviy munosabatlar – insonlar o‘rtasidagi doimiy munosabatlar (aloqalar), tajriba almashishdan iborat bo‘lib, shaxsni rivojlantirish, mustaqil ma’lumot, ta’lim olish va o‘z-o‘zini tarbiyalashni amalga oshirishga xizmat qiladigan jarayon.
Tarbiyaviy muhit – shaxsni shakllantiruvchi tabiat hodisalarini anglash, ijtimoiy munosabatlar tizimi, tafakkur, hamda turmush tarzi va shaxslararo munosabatlarga kirishish jarayoni.
Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlilik xususiyati – o‘rganilayotgan texnologik jarayon barcha elementlarining o‘zaro aloqadorligini taqozo etadigan va uning mazmunini xilma-xilligi, ko‘p omilliligidan iborat bo‘lgan ijtimoiy-tarbiyaviy texnologiyalar.
Tarbiyalanganlik – o‘quvchi yoki talabaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirganlik darajasi.

Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə