1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


 Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlaridagi о‘rni



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə46/73
tarix29.11.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#140413
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

7.2. Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlaridagi о‘rni
Jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. Jahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki (JB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabilarning xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati ortdi. Texnologiyalar bо‘yicha, atrof-muhitni asrash, moliya institutlarining faoliyati, buxgalteriya hisobotlari, milliy statistika (milliy hisoblar tizimi) va boshqalarga yagona andozalarni qо‘llash kengaydi, makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlari tatbiq etildi, valyuta-kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohasi bо‘yicha qо‘yiladigan talablarning bir xillashuvi yuz berdi, xalqaro raqobat qoidalari ishlab chiqildi.
Davlatlararo hamkorlikning bir kо‘rinishi sifatida xalqaro fondlar yuzaga chiqmoqda. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga kо‘ra bir nechta turlarga bо‘linadi:
1- turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga kо‘ra dividend tо‘laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik bankini (XIHB), ETTB, XVFni kiritish mumkin.
2- tur tashkilotlarning byudjetlari ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga tashkil etiladi. Ularga BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bо‘yicha xalqaro agentlik, Dengiz aloqasi bо‘yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
3- tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bо‘lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog‘ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
4- tur xalqaro tashkilotlar xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma’lum ilmiy sohalar bо‘yicha byurolardan iborat.
5- tur xalqaro tashkilotlar faoliyatning ma’lum sohalariga kо‘maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yig‘ish bilan shug‘ullanadilar. Masalan, Xalqaro Yovvoyi tabiat fondi davlat, jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qо‘riqlash uchun mablag‘larni yig‘uvchi nodavlat tashkilotdir.
Yuqorida kо‘rib о‘tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq о‘rganish maqsadida birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub XVF haqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Xalqaro valyuta fondining tashkil topishi va rivojlanishi. XVF BMTning maxsus tashkiloti bо‘lib, uni tuzish tо‘g‘risidagi kelishuv 1944 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bо‘yicha bо‘lib о‘tgan BMT konferensiyasida imzolangan. 1945 yilning 27 dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. XVF amalda о‘z faoliyatini 1946 yildan boshladi. Bretton-Vuds kelishuviga muvofiq XVFning vazifasi unga a’zo bо‘lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga solish hamda a’zo mamlakatlarning valyuta paritetlarining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu kelishuvga kо‘ra a’zo mamlakatlar о‘z valyutalarini belgilangan kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bо‘yicha almashinuvlarini ta’minlashlari shart edi. Shuningdek mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini chegaralash bо‘yicha mavjud tо‘siqlarni bekor qilishlari kerak edi (amalda 181 mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan).
XVFning nizom fondi a’zo mamlakatlarga о‘rnatiladigan kvotalar asosida tо‘lanadigan badallardan tashkil etiladi. Kvotalar har bir a’zo – mamlakatning moliyaviy badal hajmini aniqlash; proporsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bо‘ladi. Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi kо‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. Kvotalar hajmi har besh yilda qayta kо‘rib chiqiladi.
Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda XVF boshqaruv organlarida ovozlar soni mamlakatlar о‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir qо‘shimcha 100 000 SDR uchun 1 ta ovoz qо‘shib beriladi. Hozirda boshqaruv organida ovozlarning eng kо‘pi AQShga tegishli - 17,7 foiz.
Bugungi kunda XVFning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Ø valyuta siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Ø valyuta siyosati sohasida balanslashgan rivojlanishda hamkorlik qilish;
Ø yuqori bandlik darajasi hamda real daromadlarni ta’minlash va rag‘batlantirish, barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini asosini tashkil etuvchi, ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish uchun jahon savdosining balanslashgan о‘sishini barqarorlashtirish;
Ø valyuta barqarorligini ta’minlash va a’zo mamlakatlar о‘rtasida valyuta munosabatlarini soddalashtirish, shuningdek raqobat muhitini shakllantirish nuqtai-nazaridan kelib chiqib valyuta devalvatsiyasining oldini olish;
Ø kо‘p tarmoqli tо‘lov tizimlarini tashkil etishda ishtirok etish, shuningdek valyutani о‘tkazish bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish;
Ø a’zo mamlakatlar tо‘lov balanslari taqchilligini yо‘qotish uchun mablag‘lar berish.
Moliyaviy operatsiyalar faqatgina a’zo mamlakatning rasmiy organlari: xazinachilik, markaziy bank, valyutani barqarorlashtiruvchi fondlar bilan birga amalga oshiriladi. XVF resurslarini olishni tartibga soluvchi qoidalar barcha a’zo-mamlakatlar uchun bir xil. Joriy operatsiyalar bо‘yicha xorijiy valyutaga ehtiyoj sezgan mamlakat, kreditning zarurligini isbotlashi shart. Bunday kreditlarning hajmlari quyidagi shartlar orqali tartibga solinadi: qarzdor mamlakatning milliy valyutasi uning kvotasini yil davomida 25 foizidan va umumiy hisobda kvota hajmining 200 foizidan ortib ketmasligi kerak. Kreditlar bо‘yicha foizlar har bir moliya yili uchun daromad va xarajatlarni baholash asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, XVF tarkibida alohida kredit turlari bо‘yicha bir necha maxsus fondlar tashkil etilgan. Ushbu fondlardan aksariyat hollarda, bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlarda savdo va tо‘lov tizimidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga kreditlar ajratiladi. Ushbu kreditlar odatda 4-10 yil muddatlarda qaytarilishi mо‘ljallanadi.
Keyingi yillarda XVFning daromadi past bо‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy islohotlarni qо‘llab-quvvatlash, shuningdek о‘rta muddatli makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga ajratiladigan kreditlar salmog‘i ortmoqda.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə