1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Kichik va о‘rta biznesni rivojlantirish



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə48/73
tarix29.11.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#140413
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

Kichik va о‘rta biznesni rivojlantirish. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga tо‘siq bо‘lib hisoblangan muammolardan biri bu - moliyaviy tizimga ishonchsizlik oqibatida fond bozorining tо‘la qonli ravishda shakllanmay qolishi, korxonalarni rentabellik darajasining pastligi va qimmatli qog‘ozlar egalarida xaqiqiy mulkchilik hissining yо‘qligidir. Makrodarajadagi moliyaviy barqarorlik (byudjet tanqisligining qisqarishi, foiz stavkalari real qiymatining ijobiy о‘zgarishi, inflyatsiya darajasining pasayishi), ishlab chiqarish likvidlik darajasining oshishi, sohalarda tarkibiy jihatdan qayta tashkillashtirish natijasida korxonalar moliyaviy ahvolining yaxshilanishi hamda investitsiyalar samaradorlik darajasining о‘sishi kо‘p jihatdan investitsion faollikning oshishi va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning eng muhim omili bо‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakat xо‘jaligining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv darajasini oshirish paytida ichki imkoniyatlarning cheklanganligi hamda tashqi qarzning idora etib bо‘ladigan darajadagi meyorini ta’minlash sanoat siyosatini olib borishda mavjud resurslardan oqilona va samarali tarzda foydalanishni taqozo etadi. Tashqi savdoni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy qiyinchilikka uchragan barcha sohalar uchun subsidiyalar ajratish davlat byudjeti uchun mushkul hisoblanadi.


Monetar siyosat. Globallashuv sharoitidagi tо‘g‘ri monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va mustahkamlanishi, qulay investitsion muhit vujudga kelishi va mamlakatga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlaydi. Banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosatini kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining kamayishi, shuning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi.

Moliyaviy sektorni isloh qilish. Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Masalan, turli xil valyuta ayirboshlash kurslarining mavjudligi mamlakat monetar siyosatini olib borishda о‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, eksport va import siyosatiga salbiy ta’sir etadi va pirovard natijada kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi.

Fiskal siyosat. Globallashuv sharoitida yuqori soliq tо‘lovlari nafaqat milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, daromadlarning yashirilishi va noqonuniy iqtisodiyotning shakllanishi, ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuv jarayonini susaytiradi, kapital va malakali ishchi kuchining chetga chiqib ketishiga ham olib keladi. Ushbu muammolarning ijobiy hal qilinishi fiskal siyosat olib borishning qay darajada optimal ekanligiga ham bog‘liq.
Erkin raqobat muhiti va huquqiy asoslangan xо‘jalik tizimini yaratish uchun soliqlar miqdori va imtiyozlar shunday belgilanishi kerakki, u sohalarga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlansin. Buning uchun sohalar orasida solishtirma tahlil olib borilib, ularning qay birida soliq miqdorini oshirilishi evaziga boshqa sohalarga imtiyoz ajratilishi samarali ekanligi aniqlanadi. Shu tarzda globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiyotiga о‘tkazayotgan ta’siri kuchayib borayotgan bir paytda soliq tizimi fiskal siyosat vazifasini emas, balki rag‘batlantiruvchi omil vazifasini о‘tashi hamda tо‘lovlarning pasaytirilishi va soliqqa tortish tizimining soddalashtirilishi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshlik darajasini oshirishga xizmat qilishi talab etiladi.



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə