1 mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig`i



Yüklə 17,52 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü17,52 Kb.
#114661
1.1-mavzu


1 - mavzu. Ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar mantig`i.
1. Ilmiy metodologiya. Ijtmioiy sohadagi tadqiqot metodikasi.
2. Tadqiqotning mantig`i. Ilmiy tadqiqotlarning darajalari. Tadqiqotlar dasturi.
3. Ijtimoiy sohadagi strategiyalar va izlanish jarayoni.
4. Tadqiqotning predmeti va obyekti. Tadqiqotning usullari.
5. Tadqiqot dasturi va uning asosiy komponentlari. Ilmiy xulosalar. Tadqiqot materiallarini ro`yxatdan o'tkazish.

Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.


Ilmiy bilimlar tizimi quyidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak: hammabopligi, ilmiy dalillarning haqiqiyligi (tekshirilganligi), voqeliklarni amalga oshira olinishligi, bilimlar tizimini turg‘unligi (barhayotliligi). Ilmiy bilimlar tizimi quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) bilim tarmoqlari bo‘yicha: tabiiy fanlar, texnik fanlar, jamiyat fanlari;
b) ilmiy fanlar bo‘yicha: matematika, fizika, kimyo, astronomiya, energetika va h.k.;
d) ilmiy faoliyat natijasi: nashr etish (kitob, maqola) mualliflik guvohnomasi, patent, konstruktorlik ishlama va h.k. Ilmiy faoliyat natijasi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanuvchi yangi ilmiy bilimlarni olishga, o‘zlashtirishga qayta ishlashga va sistemaga tushirishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat (ilmiy ish yoki ilmiy mehnat): – yangiligi va haqiqiyligi, ehtimollik xarakteri va tavakkalligi (risk), ilmiy natijalarni ishonchliligi va isbotlanishliligi.
Ilmiy faoliyat quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) maqsadi bo‘yicha: nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiya yaratish, mavjud texnika va texnologiyalarni takomillashtirish;
b) ilmiy ish turlari bo‘yicha: fundamental, amaliy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar; d) ilmiy tadqiqot ishi ko‘lami bo‘yicha: fandagi biror yo‘nalish, ilmiy muammo, ilmiy mavzu;
e) tadqiqot uslubi bo‘yicha: nazorat, eksperimental va aralash tadqiqotlar; Ilmiy muassasa ilmiy xodimlar, ilmiy faoliyat yuritish vositalari (ilmiy uskuna, qurilma, pribor va h.k.), malumot materiallari, ilmiy faoliyat obyekti va ilmiy faoliyat yuritish uchun kerakli shart-sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Fan har bir mamlakat iqtisodiyotini va jamiyat taraqqiyotini negizi hisoblanuvchi ilmiy texnik taraqqiyot rivojlanishini taminlovchi intellektual boylik (kuch) hisoblanadi. Uzoq o‘tmishda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz jahon sivilizatsiyasiga, fanning rivojlanishiga katta hissalarini qo‘shganliklarini yodimizda doimo saqlashimiz kerak. Qadim Turkiston eli o‘zining buyuk siymolari va ko‘p qirrali ijodi bilan fanning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Dunyoda ilk bor uchta akademiyaning Turkistonda – Markaziy Osiyo tuprog‘ida tashkil etilishi buning yorqin isbotidir. Xorazmda Mamun akademiyasining faoliyat ko‘rsatgani, Kamoliddin Behzod rahnomolik qilgan tasviriy sanat akademiyasi, koinot sirlarini ilk bor yuqori aniqlikda tasvirlay olgan Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi va boshqa ilm-fan sirlarini ochib bergan ko‘plab buyuk siymolarni sanab o‘tish mumkin. Bizga Nyuton nomi bilan atalib o‘rgatilgan matematikadagi sonlar binomi aslida bobomiz Al Xorazmiy qalamiga mansub ekan. Beruniy bobomiz texnika sohasida o‘z davrining yirik olimi hisoblangan. Al Farg‘oniy kashf etgan, gidravlika qonunlariga asoslangan, suvni yuqoriga ko‘tarib berish va uning sathini o‘lchash pribori bugungi kunda ham Nil daryosida suv sathini kuzatib borishda yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblardan biri bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Mirzo Ulug‘bekning shogirdlari bilan birgalikda yaratgan koinotni o‘rganish qurilmasi va uning yordamida hisoblangan quyosh sistemasidagi 7 sayyoralar harakati jadvali bugungi kunda ham yuqori aniqlikdagi astronomik malumot hisoblanadi. XIX–XX asrlarda fanni texnika sohasida ko‘plab O‘zbekiston olimlari ilmiy izlanishlar olib borgan va uning rivojlanishiga ulkan hissalarini qo‘shgan. Geologiya sohasida jahondagi ko‘plab mamlakatlar akademiyalari faxriy akademigi Xabib Abdullayev yerning oltin belbog‘ini, yani yer sharining oltin zaxiralari haritasini tuzgan olimdir. Hamid Raxmatulin – uzoq yillar M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida faoliyat yuritgan. Parashut nazariyasini yaratgan olimdir. G‘ofur Rahimov – energetika sohasida nochiziqli elektr zanjirlarni hisoblash metodikasini yaratgan energetik olimdir. Hosil Fozilov – akademik, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini hisoblash metodikasini yaratgan energetik olimdir. Muzaffar Xomudxonov – akademik, asinxron motorlarni boshqarishni chastotaviy rostlash usulini yaratgan energetik olimdir. Mamlakatimizda fan va uning rivojlanishi davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini muhim. Shu tufayli davlat tomonidan uning qo‘llab quvvatlanishiga katta etibor berib kelinmoqda. Fan tizimi xarakteristikasida qayd etilgan uchta tarkibiy qismdan biri, ilmiy muassasalarda va jamoalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, 2006-yil 7-avgustdagi PF-436 sonli «Fan va texnologiyalarni boshqarish va muvoffiqlashtirishni takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu qo‘mita vazifalariga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda jahon ilmi yutuqlarini, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, jamoatchilik-siyosiy rivojlanishi vazifalarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; – fan va texnologiyalarni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirliklar va idoralar ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar, loyiha konstruktorlik tashkilotlar, oliy talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni taminlash; – ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni amalga oshirilishi, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini iqtisodiyotning turli sohalarida, ishlab chiqarishda, talimda foydalanishni samarali monitoringini tashkil qilish; – o‘zaro manfaatli xalqaro ilmiy texnik hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatda ilmiy sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish, respublika ilmiy tashkilotlari, olimlari va mutaxassislarini xalqaro dasturlar va ilmiy loyihalar tanlovlarda faol qatnashishlariga imkon yaratish.
8 Fundamental tadqiqotlar dasturlari ro‘yxati:
1F. Matematika, mexanika va informatika.
2F. Fizika va astronomiya.
3F. Ximiya, biologiya va meditsina.
4F. Qishloq xo‘jaligi.
5F. Mashinasozlik va energetika.
6F. Yer to‘g‘risidagi fanlar.
7F. Bozor iqtisodiyoti, davlat va huquq nazariyasi.
8F. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
Bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari talablariga asosan, bugungi kunda ilmiy tadqiqot ishlari yuridik subyektlar va jismoniy shaxslar, davlat va nodavlat tashkilotlar (muassasalar) ilmiy ijodiy guruhlar, loyihalash va konstruktorlik korxonalarida olib borilmoqda. Bugungi kundagi jahon sivilizatsiyasi, texnika va texnologiyalar sohasidagi erishilgan ulkan yangiliklar ilm-fan taraqqiyoti mahsulidir. Mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishida ilmiy-texnik taraqqiyot muhim ahamiyatga ega. Fan va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va o‘sishi natijasida yuzaga kelgan O‘zbekistonda fan va texnologiyalarni rivojlanishini muvofiqlashtirishning namunaviy tizimi. Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish va boshqarish obyektlari Fundamental tadqiqotlar Amaliy tadqiqotlar Noyob obyektlar Ilmiy-texnik dasturlar va loyihalar Innovatsion ishlar Talim Fan Ichlab chiqarish Yosh olimlar Maxsus tadqiqotlar Xalqaro hamkorlik tadqiqotlari Monitoring obyektlari Obyektlar integratsiyasi 9 taraqqiyot fan, texnika va ishlab chiqarishdan tarkib topgan murakkab dinamik sistema hisoblanadi. Ushbu sistemada fan g‘oyalar generatori vazifasini bajarsa, texnika ularning moddiy tadbig‘i, ishlab chiqarish esa texnikaning faoliyat yuritish sohasi vazifasini bajaradi. Fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanganligi, keng qamrovliligi va ommaviyligi, turli fanlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligiga va bir-biriga tasirchanligi, ilmiy tadqiqotga va uning obyektiga sistemali yondashuv uslublar qo‘llanilishi kabilar fanning bugungi kundagi xarakterli tomonlari hisoblanadi.
2. Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari
2.1. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi. Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi. Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi. Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar). Amaliy tadqiqotlar texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini, istemol mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to‘plangan ilmiy omillarni amaliy tadqiqotlar orqali o‘z o‘rniga qo‘yishdir.
(Masalan, urug‘lik mahsulotlarni saralash elektrotexnologiyasi va texikasini yaratish, energiya tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron motorlarni quvvat koeffitsiyentini (cos ö) oshirish teznik vositasini ishlab chiqish va h.k.lar). Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yyechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.). Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaralanishi ko‘pchilik hollarda shartli bo‘lsada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi birlashtirib turadi. Loyihalash va o‘zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o‘zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig‘ida o‘zaro bog‘langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar – ishlanma – loyiha joylashgan. Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish – bilish jarayonidir. 2.1-rasm. Ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari – fan va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqlik sxemasi. Soha Soha Fan Texnika Ichlab chiqarish O‘zlashtirish Loyihalash Ishlanmalar Amaliy tadqiqotlar Fundamental tadqiqotlar
Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida amalga oshiriladigan bilmaslikdan bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda ketma ketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq shakllantiriladi. Ilmiy muammoni (masalani) shakllantirishga tadqiqot olib borilayotgan muammo yoki masalaga o‘xshash masalalarning yyechimlarini texnik va nazariy usullari va vositalari, hamda turdosh sohalardagi tadqiqot natijalari haqida malumotlar yig‘ish va tahlil etish kabi muhim ilmlar kiradi. Shuni takidlash lozimki, malumotlar yig‘ish va ulardan masalani yechishda foydalanish tadqiqot ishlari tugagungacha ham davom etishi mumkin.
Yüklə 17,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə