1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va usullari reja iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə2/4
tarix25.09.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#123808
1   2   3   4
1 Иқтисодиёт назарияси фанининг предмети

1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;


Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.
3. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.

3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari


iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;
iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:

Induksiya va deduksiya usuli

Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.

Pozitiv va normativ usullar.

Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2018 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2018 yilda 14,0 foizdan oshdi va hokazo


Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va h. k.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə