1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Tayanch tushuncha so’z va iboralar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə53/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Tayanch tushuncha so’z va iboralar: M.Ahzam, shehrlari, hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, badiiy talqini, sahnasidagi ahamiyati., Tursunboy Adashboyev,

SHE’R INSON QUVONCHI VA IZTIROBLARINI
O’ZIDA AKS ETTIRADI


1. BOLALIKDA
Hamma onalar ham alla aytadi. Mening onamning allasi boshqa – juda hazin va alamli bo’lardi. Har gal yurak-bag’ri to’lib-to’lib aytar, so’zi ham, ohangi ham tinglovchini qattiq mutaassir qilardi.
– Opa, nega siz alla aytsangiz yig’lagim keladi? – deb so’raganimda, – Men ham sendayligimda Tog’a-buvamdan so’ragandim:
“Tog’a-buva, men nega sal narsadan yig’layman, arzimagan voqeadan ham ta’sirlanib ko’zimdan yoshim suv bo’lib oqadi?” – deb so’ragandim. Tog’a-buvam meni chaqaloqlikdan bilarkan, shunday degandi:
– Sen bir darz ko’zaga o’xshaysan, ko’za darz bo’lgach, undan tomchilab suv oqadi-da… Sening darz ko’zaliging shuki, yetti kunlik chaqaloqligingda onang o’lgan, seni boshqa bir, bolasi o’lgan, emadigan bolaga muhtoj xotin emizib katta qilgan. Sen bu boqib olgan onangning qo’lida yayrab o’sding, bu onangga ko’pdan-ko’p rahmat, ammo o’z onangdan ayriliq sening yuragingda darz qoldirgan. O’sha darz yuragingdan yosh oqib ketaveradi…
Onam menga bu hikoyasini aytib bergandan keyin shunday degandi:
– Senga mendagi ta’sirchanlik o’tgan. Otang ham urushda o’ldi. Otasizlik sening yuragingni ikki karra darz qildi. Lekin sen irodali bo’l: yaxshi narsalarni, quvonchli hodisalarni o’yla ko’proq…
Biz uch bola: opam, men va ukam adabiyotga yutoqib oshiq bo’lgan esak, buning bosh sababchisi onam – pedagog Xatirabegim bo’ladi…
2. O’SMIRLIKDA
Bizda kitob o’qishlar Ikkinchi Jahon urushidan keyin, 1947-49 yillarda boshlangan. Qish oqshomlari tanchaga tiqilib, o’rtaga lampamoy (kerosin) bilan yoqiladigan 7-chiroqni qo’yib olib, Go’ro’g’li turkumidagi “Hasanxon”, “Xon Dalli”, “Avazxon”, “Rustamxon”, keyinroq “Alpomish” dostonlarini va bir daf’a “Armug’on” degan katta bir kitobdan Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” fojiasini o’qiganlarimiz yodimda. Kitobni mendan uch yosh katta Naima opam o’qir, men, Saydamin tog’am, Nasiba xolam va Mirvali ukam doimiy tingchlovchilar edik. 6-sinfda o’qiyotganimda til-adabiyot o’qituvchimiz Qamariddinov Nuriddin aka o’sha paytlarda endi-endi nashr etila boshlagan va jahon yozma adabiyoti namunalari – Andersen ertaklari, “Gulliver”, “Myunxauzen” kitoblarini o’qishga qiziqtirdi. O’shanda “kitob jinnisi” bo’lib, ovqat puli deb berilgan mayda pullarimni yig’a-yig’a kitob sotib olishlarni boshlaganman. Keyin 8-10 sinflarda rus tili o’qituvchimiz Mixail Dmitrievich Bogomolov bizda rus adabiyotiga muhabbat uyg’otdi. Eng muhimi, u bizga rus tilida o’qishni o’rgatdi. Shu tariqa bizning hayotimizga Pushkin, Lermontov, Turgenev, Tolstoy, Mayakovskiy va Yeseninlar kirib keldi. Mayakovskiyning pasport haqidagi she’rini yod o’qiganimda, u ko’zlarini yumib eshitar va albatta meni alqab qo’yardi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə