1-mavzu: kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja


-MAVZU: Randalash jarayoni. Randalash va o’yish dastgohlari. Protyajkalash (sidirish)



Yüklə 4,47 Mb.
səhifə33/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#135315
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja

17-MAVZU: Randalash jarayoni. Randalash va o’yish dastgohlari. Protyajkalash (sidirish).
REJA:


  1. Randalash, o'yish va sidirish stanoklari guruhining umumiy tavsifi va stanoklarning asosiy tiplari.



  2. Randalash stanoklari.



  3. O'yish stanoklari.



  4. Sidirish stanoklari
    .


Tayanch so'z va iboralar: 1. Randalash, o'yish va sidirish stanoklari tiplari. 2. Ko'ndalang randalash stanogi. 3. Bo'ylama randalash stanogi. 4. O'yish stanogi. 5. Randalash va o'yish sxemalari. 6. Sidirish avtomatik stanogi. 7. Sidirish sxemalari va protyajkalar.
13.1. Randalash, o'yish va sidirish stanoklari guruhining umumiy tavsifi

Randalash va o'yish stanoklarida keskichlar yordamida yassi va shakldor yuzalar, to'g'ri chiziqli ariqchalar va pazlar shakJlantirilsa, sidirish stanoklarida protyajka vositasida turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga aniq ishlov beriladi.

Bu guruh stanoklarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri - ishchi organlarining ilgarilama-qaytar harakatlanishidir. Bu guruh stanoklarining ko'pchiligi bosh harakatning pog'onasiz gidravlik va elektrik yuritmalariga ega. Stanoklarda salt yurish (холостойход) ning mavjudligi ularning asosiy kamchiligi bo'lib, unga ko'p vaqt sarfbo'ladi. Bu guruhga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi (13.1-jadval):


Randalash stanoklari randalash keskichlari yordamida yassi va chiziqsimonshakldor yuzalarni shakllantirishda, to'g'ri chiziqli paz va ariqchalarni har xil profilli chuqurliklarni qirqib hosil qilishda foy-dalaniladi. Randalash stanoklarining quyidagi turlari bo'ladi.


  • Ko'ndalang randalash (bir va ikki supportli).


  • Bo'ylama randalash (birva ikki stoykali, qirra randalash).Ko'ndalang-randalash stanoklari o'lchamlari bo'yicha mayda va



o'rta zagotovkalarga yakka buyurtmali va mayda seriyali ishlab chiqa-rish sharoitida, ta'mirlash va asbobsozlik sexlarida ishlov berish uchun
xizmat qiladi. Bu stanokJarda bosh harakat polzunning keskich bilan birga ilgarilama-qaytar harakati bo'lib, u mexanik yoki gidravlik (pol­zunning yurish masofasi 700 va1000 mm bo'lganda) yuritmadan boshlanadi. Zagotovka stanok stoliga o'rnatilib, unga uzlukli (davriy) ko'ndalang yoki vertikal surish harakati uzatiladi. Bu harakat polzun harakatining yo'nalishi teskari (salt) yurishdan ishchi yurishga o'zgarish paytida sodir bo'ladi. Bu harakat xrapovikli mexanizm orqali ko'ndalang yoki vertikal vintga uzatiladi (13.1-rasm).

736 modelli ko'ndalang randalash stanogida harakat elektr dvi-gatelidan tezliklar qutisi orqali kulisa mexanizmiga uzatiladi. Tebranuv-chi kulisa mexanizmi kulisa g'ildiragi aylanma harakatining

polzunning har minutda ikki marta yurish soni kinematik zanjir balansi tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Sxemada ko'rsatilgan holat uchun

Stanok

bo 'lgan 6 xil ikkilangan yurishga ega.





Polzunning yurish masofasi L=95-650 mm. Bu ko'ndalang-ran-dalash stanoklari uchun asosiy ko'rsatkichdir. Stolning davriy ko'ndalang surish harakati kulisa g'ildiragi vali bilan bog'langan xrapo-vikli mexanizm yordamida bajariladi. Gorizontal yo'nalishdagi surish harakati zanjiri uchun kinematik balans tenglamasi quyidagicha yoziladi (13.2-rasm):

Bu yerdatm=l2 mm—ko'ndalang yurgizish vinti qadami; ^=l*10-xrapoviklig'ildirakning sobachka bilan ilashishi mumkin bo'lgan tishIari soni; bo'lgani uchun

Randalashda kesish tezligining aniqlanishiga misol: min; 1=450 mm. Kulisaning tebranish o'qidan yuqori sharnirgacha bo'lgan masofasi H=750 mm bo'lsa, tezlanish koeffitsiyenti



7M36 modelli ko'ndalang-randalash stanogida bosh harakatva surish harakati gidravlik yuritmadan olinib, ularning tezligi pog'onasiz o'zgaradi. Polzunning ishchi tezligi v. (v) 3-37 m/min diapazonida o'zgaradi.

Ko'ndalang-randalash stanoklarining yangi modellari 7303, 7305, 7307Д, 7310Д ga binoan polzunning yurish masofasi mos ravishda Z=320, 500, 710 va1000 mm qilib belgilangan.



Ko'ndalang-randalash stanogida randalash sxemasi va kesish reji-mi elementlari (13.3-rasm)da ko'rsatilgan. Kesish tezligi

7310Д modelli zamonaviy ko'ndalang-randalash stanogining texnik tavsifi quyidagicha:

Polzunning eng katta yurish masofasi 1000 mm

Stol ishchi yuzasi o'lchamlari 560*1000 mm


Stolning eng katta surilishi:

gorizontal yo'nalishda 800 mm

vertikalyo'nalishda 420 mm

Gorizontal yo'nalishda surish qiymati 0,2-5 mm/i.m.y.

Bosh harakat elektr dvigateli quwati 10 kW

Bosh harakat yuritmasi turi gidravlik, pog'onasiz.

Bo'ylama-randalash stanoklari yirik zagotovkalarga yakka buyurt-mali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida, shuningdek ta'mirlash sexlarida ishlov berishga mo'ljallangan. Bu stanoklarda xomaki va tozalab hamda yuqori aniqlikda pardoz-

Iab randalash ishlarini bajarish mumkin.

Bo'ylama-randalash stanoklarida (13.4-rasm) zagotovkaning stol bilan birga ilgarilama-qaytar surilishi bosh harakatdir. Stolning ishchi yuzasi 16*8 m gacha yetadi.

7212 modelli bo'ylama-randalash stanogida 2 ta support traversa-da, 2 ta yon support stoykalarga o'rnatilgan. Bosh harakat yuritmasi o'zgarmas tok elektr dvigateli (generator-dvigatel sistemasi bo'yi-cha)dan iborat bo'lib, stol tezligini pog'onasiz o'zgartirishni, shu­ningdek keskichning zagotovkaga urilmay ishga kirishishini hamda ish yo'li oxirida asta-sekin kesish zonasidan chiqishini ta'minlaydi.

KeskichIarning surish harakati zagotovkaning salt yurishi yo'li vaqtida sodir bo'ladiva uning har ikki yurishiga davriy tarzda mos keladi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə