1-mavzu: kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja


-MAVZU: Parmalash, zenkerlash, razvertkalash. Frezerlash jarayoni, frezerlash dastgohlari



Yüklə 4,47 Mb.
səhifə32/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#135315
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja

16-MAVZU: Parmalash, zenkerlash, razvertkalash. Frezerlash jarayoni, frezerlash dastgohlari
REJA:1.Parmalash, zenkerlash, razvertkalash.
2. Frezerlash jarayoni.
3.Frezerlash dastgohlari.
Metallarni parmalash, zenkerlash va rezvertkalash.
Metallarni parmalash dastgohlari to’g’risida ma’lumotlar berish.
Tayanch tushunchalar: metallarni parmalash,dastgoh,zenkerlash,asosiy qism,frezalash,razvetkalash.
Asosiy qismlari, ularni kinematik sxemalari va ishlash printsipi bilan tanishtirish, dastgohlarda detallarga ishlov berish. Kesuvchi asbob-parmaning o’z o’qi atrofida aylanma va ilgarilanma harakat qilishi tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi. Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilьka va boshqa detallar uchun teshiklar ochish, rezba kesish, kengaytirish, zenkerlash uchun de¬tallar hamda ularning qismlari parmalanadi. Parmalashda 10-11 kvalitet bo’yicha sirt g’adir-budirligiga (Rz 320-80) erishish mumkin. Yuqori darajadagi aniqlik talab qilinadigan teshiklar (parmalangandan keyin) zenkerlanadi. Parmalash aniqligi va sifati ko’p jixatdan dastgohning sozligi va kesuvchi asbobning to’g’ri charxlanganligiga bog’liq. Spiral parma ikki tishli kesuvchi asbob bo’lib, u ishchi va quyruq qismlardan tuzilgan. Ishchi qismi konussimon (kesuvchi) va tsilindrsimon (yo’naltiruvchi) qismlarga bo’linadi.
Parmalash maxsus dastgohlarda bajariladi qo’l yetmaydigan nokulay joylardagi teshiklarni dastakli parma, tartarak, dastakli elektr va pnevmatik parmalash mashinalarda parmalanadi. Qo’l dreli bilan 0,10 mm gacha bo’lgan teshiklarni parmalash mumkin. Drel shpindelь, vallar, tishli g’ildiraklar, tayanch va richagga o’rnatilgan dastadan tuzilgan. U ikki tezlikli bo’lib, dastlab detalni tiskaga qisiladi, keyin dastani aylantirib shpindelga aylanma harakat uzatiladi. Past taglikda parmalashda chap qo’l bilan drelning qo’zg’almaydigan dastasini ushlab, o’ng qo’lda qo’zg’aluvchi dastasi aylantiriladi, ayni paytda tirgagini ko’krak bilan taglikka bosiladi. Drelni vertikal holatda ushlab uning dastasini siltamasdan bir tekis aylantirish kerak. Yuqori taglikda parmalash 0,2-4 mm.li teshiklarni parmalashda zagotovkani tiskaga mahkamlanadi. CHap qo’l bilan tutqichni ushlab o’ng qo’lda qo’zg’aluvchi dasta aylantiriladi. Tiskaga qisilgan detallarni gorizontal holatda parmalash eng murakkab ishlardan biridir. Ayniksa, bosimni biroz kamaytirilganda parma zagotovqadagi chuqurchadan chiqib ketishi mumkin. Detalni tiskaga qisishda teshikning chegarasi tiska jag’laridan yuqoriroq joylashishi kerak. Drelning qo’zg’almas dastasini chap qo’l bilan ushlab, o’ng qo’lda qo’zg’aluvchi dastasi aylantiriladi. Bu vaqtda tirgakni ko’krak bilan itarib turish kerak. Parma kern izdan chiqib ketsa yana o’z o’rniga qo’yiladi, bosim va aylanish chastotasini kamaytirib, ish davom ettiriladi.
Zenker metallni kesadi, yo’naltiruvchi esa zenkerni teshikka yo’naltiradi. Yo’naltiruvchi qismdagi raxlar ishqalanishni kamaytirishga, kesishni osonlashtirishga xizmat qiladi. Zenkerning tishi oldingi sirt, qirralar, o’zak, orqa sirt, tasmachadan iborat. Zenkerlash parmalar, quyib yoki shtampovka qilib hosil qilingan teshikning o’lchamlarini kattalashtirish yoki shaklini o’zgartirishdan iborat. Zenkerlash yordamida quyidagi ishlar bajariladi: -parmalangan teshikning o’lchamini kattalashtirish, unga aniqroq geometrik shakl berish, pamalashdagi nuqsonlarni tuzatish; -quyib yoki shtampovka qilib hosil qilingan teshikni aniqligini oshirish va teshik o’qiga to’g’ri vaziyat berish; -tsilindrik chuqurchalar tayyorlash (vint kallaklari uchun va h.k.); -konus chuqurchalar tayrlash (vint kallaklari, parchinlar uchun, klapan uyalari va h.k.); Torets sirtlarni ishlash va tozalash, shayba uchun kichik chuqurchalar tayyorlash. Zenkerlash yordamida teshiklarga 3a-4 aniqlik klassida va 4-6 tozalik klassida ishlov berish mumkin. Zenkerlashda ishlatiladigan qurol – zenker. Konus chuqurchalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan zenkerlar zenkovka deb, ishlash jarayoni esa zenkovkalash deb ataladi. Tekisliklarni ishlash va shaybalar uchun chuqurchalar ochish uchun mo’ljallangan zenkerlar tsekovkalar deb, ishlash jarayoni esa tsekovkalash deb ataladi. Yassi tsilindrik teshiklarni teshiklarni zenkerlash, odatda, parmalash bilan keyingi pardoz ishlovi-yo’nib kengaytirish orasidagi operatsiya hisoblanadi.
Zenkerlarda nominal diametr, zenker nomeri, material markasi tamg’alab qo’yiladi. Zenkerlash parmalash stanoklarida bajariladi. U aslida parmalashdan farq qilmaydi. Zenkerlashda birdaniga bir necha qirra kesishda qatnashgani tufayli zenker parmaga qaraganda 1,5-2 marta kattaroq suriladi, aylanishlar soni esa 1,5 marta kam olinadi. Diametri 20 mm gacha bo’lgan zenkerlar uchun nq250 ayl/min, 20 mm dan 66 katta zenkerlar uchun nq150-100 ayl/min olish tavsiya qilinadi. Zenkerlash uchun qo’yidagi o’lchamlarda qo’yim qoldiriladi (mm): Teshik diametri 16-18 19-30 32-52 Qo’yim 1,75 2,5 3,0 TSilindrik shaklli kallaklar uchun teshiklarni kengaytirishga mo’ljallangan zenkerlar ish qismining kattaligi va uni yo’naltirish uchun uchida tsapfa borligi bilan boshqa zenkerlardan farq qiladi. Bu zenkerlanadigan sayoz teshik bilan asosiy teshikning o’qdoshligini ta’minlaydi. TSapfalar zenker bilan birga tayyorlanishi mumkin. Ular almashtiriladigan qilib ham tayyorlanadi. Bunda bir zenker bilan turli diametrdagi teshiklarni kengaytirishga imkon tug’iladi. Konus chuqurchalar uchun mo’ljallangan zenkerlar konus uchidagi burchak 60, 90 va 1200 , diametri 16-45 mm qilib tayyorlanadi. Tishlari 6-12 ta bo’lib, ular konus sirtda joylashtiriladi. O’qdoshlikni ta’minlash u chun zenkovkalar ko’pincha tsilindrik tsapfalar bilan ta’minlanadi. Torets zenkerlar (tsekovkalar yoki kertkichlar) ning toretsida tishi bo’ladi.
Savollar:
1.Zenkerlash nima?
2.Torets zenkerlar qanday vazifani bajaradi?
3.Metallar qanday parmalanadi?
4.Parmalash deganda nimani tushunasiz?


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə