1-mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon kursining maqsad va vazifalari. Globallashuv davri o`zbek adabiyoti



Yüklə 21,4 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü21,4 Kb.
#163254

1-mavzu: Kirish. Hozirgi adabiy jarayon kursining maqsad va vazifalari.
Globallashuv davri o`zbek adabiyoti
Filologiya – Yunoncha – Phileo – “sevaman” logos “so`zni” ma`nosini bildiradi. Yozma manbalarni, matnlarni o`qish, o`rganish orqali biron xalqning tili va adabiyoti haqida to`liq ma`lumot beruvchi fanlar majmuasi. Filologiya asosan adabiyotshunoslik va tilshunoslik qismlaridan tashkil topadi. “Lingvistika” farangi so`z bo`lib (linguis – tigue) asosini yunoncha Lingua (lingua) belgilaydi. Literatvoredenie – adabiyotshunoslikdir. Lotincha Litera (Litera) harf degani.
San`at turlarini prfessor Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida bunday ifodalaydi: “Go`zal san`atlar tovar (material) tovush, ohang bo`lsa, go`zal san`at musiqa bo`ladir; tosh, yog`och, ganch, tuproq bo`lsa, me`morchilik bo`ladir; tosh va turli ma`danlar esa, haykalchilik bo`ladir; tan yuz harakatlari esa o`yin bo`ladir; gap, so`z esa adabiyot bo`ladir. Demak san`at turlari: 1) musiqiy, 2) rasm, 3) haykalchilik, 4) me`morchilik, 5) o`yin (tans), 6) adabiyot...”
Badiiy adabiyot san`atining boshqa turlaridagi hamma xususiyatlarni o`zida aks ettiradi. Ijodkor jonli, harakatdagi so`z bilan ishlaydi. San`atkor badiiy asar yozar ekan, avval ohangini topib oladi. Badiiy asardagi barcha so`z, tuyg`ularni yagona, umumiy ohang birlashtiradi. Ijodkor so`zlardan qurilma – kompozitsiya yasaydi. Ijodkor so`zlarini rangin qilib ifodalaydi. Nihoyat, badiiy asardagi har bir so`z o`z rangi, mug`a (xatti xarakati) siga ega. “O`tgan kunlar” da “Siz o`shami?!” degan ibora, “Kumushbibi” o`rniga “Tuproqbibi” deb yozadi.
Adabiyotshunoslikning asosini badiiy adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid belgilaydi. Bizning fanimiz “Hozirgi adabiy jarayon” deyiladi. U adabiyotshunoslikning qaysi asosiy faniga taalluqli? Albatta, badiiy adabiyot tarixi faniga aloqador. Lekin, unda adabiyot nazariyasi ham, adabiy tanqid ham mavjuddir.
Xalqning badiiy adabiyotdagi tarixi bilan hozirgi adabiy janrning bog`liqligi qanday? Xalq tarixi bir butun bo`lganiday badiiy adabiyot tarixi ham bir butun yaxlitdir. O`zbek adabiyoti tarixi, bizning bilishimizcha, ikki yarim ming yilda kam emas. Shiroq, To`maris, Spitamen haqidagi rivoyatlar miloddan oldingi 400- 300 yillarda yozilgan.
Ma`lumki, adabiyot va san`at asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib mazkur jamiyat hayotini ifodalab, muayyan estetik tarbiyavif vazifani bajaradi, ayni paytda keyingi avlodlar uchun ham ma`naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Malum bir ijtimoiy tuzum o`rniga yangi ijtimoiy tuzum maydonga kelishi mumkin, ammo adabiyot va san`at asarlari yo`qolib ketmaydi, balki ular umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayyan davrga, mamlakatga, xalqqa mansub bo`lgani uchun u tarixiy va abadiydir. Zero, tuzumlar yo`qolib ketishi mumkin, lekin o`sha sharoitda yaratilgan eng yaxshi asarlar mangu qoladi. Adabiyot va san`atning uzluksiz tarqqiyoti, rivojlanishi, boyib borishi, yangi yangi adabiy shakllarning maydonga kelishi, turli ijodiy, adabiy oqimlar paydo bo`lishi va o`zaro kurashlar adbiy jarayonni tashkil etadi. Adabiy jarayon deyilganda ma`lum bir davrdagi adabiyotning taraqqiyot davri, uning sosiy xususiyatlari, undagi ijodkorlar, shu davrdagi adabiy oqimlar, ular o`rtasidagi kurashlar tushuniladi. Adabiy jarayon tushunchasi tor va keng ma`noda qo`llaniladi. Tor ma`noda qo`llanilgan mazkur atama bugungi adabiyot bilan bog`liq barcha narsa-hodisalarni anglatadi. Keng ma`noda ishlatganimizda adabiy jarayon eng qadimgi davrlardan to shu kunlarga qadar uzluksiz rivojlanib kelayotgan adabiyotni, u bilan bog`liq barcha narsa-hodisalarni nazarda tutadi. Adabiy jarayonning holati va rivojiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar haqida gapirganda avvalo shuni aytish kerakki, adabiyotning taraqqiyot darajasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajasiga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. O`zbek adabiyti taraqqiyoti davomida turli adabiy jarayonlar mavjud bo`lib, ular o`z xususiyati, taraqqiyoti darajasiga ko`ra biri ikkinchisidan farq qiladi. Hozirgi adabiy jarayon deyilganda o`zbek adabiyoti taraqqiyotining O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgan davrdan boshlab, bugungi kungacha bo`lgan adabiy jarayonlar tushuniladi. Adabiy jarayon va ijodiy jarayon tushunchalari alohida tushunchalardir. Ijodiy jarayon deyilganda ma`lum bir asar yaratilishi haqidagi niyatning paydo bo`lishidan tortib, o`sha asar nashr qilingunga qadar bo`lgan davr tushuniladi. Ijodiy jarayon har bir ijodkorga turlicha kelishi mumkin. Adabiy jarayonda kishilar faqat o`zlaridan avvalgi adabiy taraqqiyotning natijalarini o`zlashtirib qolmasdan, balki unga o`z ulushlarini qo`shadilar. Bu narsa adabiy jarayonning rivojlanishini belgilaydi. Adabiyot taraqqiyotining muhim qonunlaridan biri shundaki, u yangi yangi asarlar hisobiga to`xtovsiz boyib boradi. Adabiy jarayonda (obraz va hayotiy manzara yaratish, tasviriy vositalardan foydalanish kabilar) bo`ladiki, bu an`analarni qanday bo`lsa shundayligicha davom ettirish mumkin emas. Ijodkor adabiy meros tajribalarini ijodiy rivojlantirishi zarur.
Hozirgi adabiy jarayoning muhim xususiyati milliy mafkuraga tayanish, ijodkorlarning turli andazalaridan holi ekani, jadid adabiyoti, sho`ro adabiyotidan farqli o`laroq istiqlol adabiyotining maydonga kelishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi adabiy jarayonda eski tushunchalar chiilparchin bo`lib, yangicha shakllar, yangicha qarashlar yuzaga kelmoqda. Xalqimiz tarixida muhim rol’ o`ynagan Amir Temur, Bobur, Imom Buxoriy, Xo`ja Ahror kabi kishilar hayoti va ijodiga odilona baho berilmoqda.
Hozirgi davrda yaratilgan asarlarda din ahli timsollariga yangicha munosabat shakllanmoqda. Ilgari bosmachi deb atalgan milliy istiqlol kurashchilariga munosabat o`zgarmoqda.
Hozirgi adabiy jarayonda ijodi qatag`on etilgan Cno`lpon, Fitrat, Avloniy singari ijodkorlar asarlari nashr etilmoqda, o`rganilmoqda.
Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyotda sodir bo`layotgan o`zgarishlar xilma xil bo`lib, ularni baddiy asarning g`oyaviy-tematik mazmunda aniq sezish mumkin. Cnunonchi, har bir davr badiiy adabiyotda o`z izini qoldiradi, to`g`rirog`i har bir davrning adabiyot oldiga qo`yadigan talablari tematikasi bo`ladi.
Badiiy adabiyotda g`oyaviy-tematik mazmunning doimo o`zgarib turishi va kishilik jamiyatining madaniy taraqqiyoti natijasida badiiy tasvirlash usullari ham, vositalari ham o`zgarib boradi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotda xilma xil turlar, janrlar, turli usullar, oqimlar, yo`nalishlar klassitizm, sentimentalizm, romantizm, realizm va boshqalar, turli metodlar (hayotni aks ettirish printsiplari) paydo bo`ladi. Badiiy nutqni ayrim usullari yangilanadi, yangi leksika, she`r tuzilishining yangi formalari yaratiladi.
Demak, adabiy jarayon asosan ikki yo`nalishi bo`yicha davom etadi. Birinchidan, adabiy asarlarning g`oyaviy tematik mazmuni o`zgarib turadi, ikkinchidan, shunga muvofiq, badiiy tasvir usullari ham yangilanadi.
Hozirgi adabiy jarayon kursini maqsadi talablarni istiqlol yo`llarida adabiy hayotida ro`y berayotgan yangiliklradan xabardor qilish eng so`nggi badiiy asarlarni muntazam o`qib borishga o`rgatish hisoblanadi. Shunday bo`lsa-da, kursda hozirgi adabiy jarayon XXI asr insoniyat badiiy tafakkuridagi so`z san`atining eng go`zal an`analaridan samarador tamoyillardan uzib olgan holda emas, balki uzviy aloqadorlikda, bog`liqlikda talqin etiladi.
Mazkur kurs “Adabiyotshunoslikka hazariyasi”, “O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi” kabi fanlar bilan bog`liq holda o`rgatiladi.
Hozirgi adabiy jarayon kursning ajralmas qismi bo`lgan viloyat adabiy jarayoni, bu jarayonning respublika adabiy jarayoni bilan munosabati, o`sha adabiy jarayonda viloyat adabiy jarayonining o`rni va nihoyat, universitetdagi adabiy muhit, ijodkor kabi masalalar ham kursni o`rganish jarayonida tahlil qilinadi.
Globallashuv davri o`zbek adabiyoti: 1991 yil 1 sentyabr. Bu kun xalqimizning tarix zarvaraqlariga oltin harflar ila yozildi. Istiqlol! Ha, jondan aziz Vatanimiz o`z mustaqilligini butun dunyoga jar soldi. Dunyo xaritasida O`zbekiston o`z mustaqil o`rniga ega bo`ldi. Milliy istiqlolimiz o`zligimizni anglashga, o`zligimizni tiklashga, o`zimizning yo`limizni tanlashga asosiy zamin bo`ldi. Milliy istiqlol sharofati ila mudroq qalblarga iliq nur yugurdi. Ko`zlarimiz tiyrak, qadamlarimiz dadil yuraklarda jasorat, yangilanish, poklanish jo`sh urdi, adabiyot millat ruhiyati, ma`naviyatining ko`zgusi hisoblanadi. Unda butun millat orzu — umidlari, ilg`or g`oyalari mujassamlashgandir.
Adabiyot xalqning madaniy qiyofasi va saviyasini namoyon etadi. Xo`sh, istiqlol qalbimiznyang eng oliy tushunchasiga aylangan ushbu kunlarda adabiyotimizning, milliy adabiyotimizning ahvoli qanday? Qadimdan boy madaniy, adabiy merosga ega bo`lgan halqimiz ma`lum muddat ulardan ko`r — ko`rona voz kechishga majbur bo`ldi. O`zining eng asl farzandlarini unutishga, ularning asarlari va ishlarini noto`g`ri baholashga majbur qilindi. Asta - sekin milliy adabiyotda soxtalik, bir xillik, sun’iy sistemalar paydo bo`ldi.
Adabiyot millatning emas, ayrim sinf, hokimiyatning maddoxiga aylanib koldi. Lekin ko`zga asta-sekin tashlanib borayotgan yuksak iste`dodlar qalblarda hali xayajon, chinakam tug`yon urayotganini ko`rsatdi.
XX asr boshlarida millatimizniig eng asl farzandlari hisoblanmish Cho`lpon, Fitrat, Botu, A. Qodiriy, Elbeklar olovdek yonib kirib keldilar. Ular o`zbek millatining yo`qolgan qadriyatlarini tiklash, mustaqilligimizni saqlab kolishga xarakat qildilar. O`zbekistonning — azim Turkistonning kelajagi porloq davlat bo`lishini orzu qildilar. Ammo bular hammasi yovuz kuchlar tomonidan bo`g`ib tashlandi. eng sara satrlar, yoniq misralar uni tushungan qalblarda qolib ketdi. Ularning asarlarini tahlil qilish, keng ommaga yoyish ta`qiqlab qo`yildi.
Shukrlar bo`lsinkim, ularning pok nomlari yana tiklandi, yana millat uchun xizmat qilmokda. Ular bizning chinakam iftixorimiz ekanini anglab borayotirmiz. Kirzun tura istiqlolni tarqatibdur bemalol, Shuning uchun bilmoq kerak, u qandog`i istiqlol. U shundoq bir istiqlolkim, Turkiyaga berilmish, Uni olgan Turkiyani ko`ramizkim, hur emish. Ha, qaysi adabiy davralarga qulok, solmang, Cho`lponning jo`shqin qudratli misralarini eshitasiz, Usmon Nosir she`riyatidan sehrlangan ko`zlarni ko`rasiz. Quloqlaringizda ularning ovozlari yangrab ketgandek bo`ladi. endilikdagi bizning birinchi vazifamizular ijodining o`rganilib etilmagan, ochilmagan qirralarini ochish. ularga to`g`ri xolisona baho bera olishdir. Yetuk adabiyotshunoslar Umarali Normatov, N. Karimov, Ozod SHarafiddinov,
Qo`shjonov,N. Xudoyberganov, D. Quronovlar ko`plab risolalar e`lon qildilar. Ularning asarlari kitob holida juda ko`plab nashr etildi.Bizga ma`lum bo`lmagan juda ko`p asarlar, ilmiy -tanqidiy maqolalar, tarjimalar e`lon qilinib adabiyotimizning tobora yuksalib borishiga xizmat qilmoqda. Faqatgina XX asr boshlarida adabiyotimizga kirib kelgai nafis so`z san`ati sohiblari haqida emas, butun tarix kechmishi oldida dunyoga mashxur farzandlarimizning nomini bor ovoz bilan aytish payti keldi. Doimo ularni eslar ekanmiz, shunday buyuk millatning avlodi ekanligimizdan yuragimizda chufur xurmat faxr uyg`onganligini sezamiz. Cheksiz g`ururdan ko`zlarimizga yosh quyilib keladi. Istiqlol adabiyoti bu o`zida eng ilg`or g`oyalarni mujassam qilgan, ilg`or an`analarni rivojlnntira olgan; o`ziga xos milliy xarakterga ega bo`lgan adabiyot bo`lishi kerak. Lekin shu Bilan birga maddox adabiyotning chinakam o`ziga xos xarakteri yo`qolib boradi. Satrlarimizda, misralarimizda xadeb istiqlol so`zini takrorlayverish, uni juda jo`n oddiy narsalar ila ta`riflash bu chinakam adabiyot emas. Cninakam adabiyotga biz aytmoqchi bo`layotganfikr satrlar singdirilib yuborilishi zarur, kitobxonning yuragi buni tushunib etsin. endilikda kitobxonni chinakam quyma satrlar, nafosatli, xayajonli jo`shqin misralar o`ziga jalb qilali. Garchi she`rlari, o`zlari qatag`on qilingan bo`lsa ham Cho`lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa so`z san`atkorlari tagdor misralar yaratishga musharraf bo`lganlar.
Xo`sh, endilikda bizga nima to`sqinlik qilmokda?! Istiqlol adabiyoti faqat yuksak iste`dod talant jo`sh urgan, yillarni talab qiladi.
Adabiyot muqaddas dargoh hisoblanadi. Chunki adabiyotga xiyonat millatga xiyonat xisoblanadi. Buyuk yozuvchi va ijodkorlar o`z asarlariga o`z - haqiqati ta`siri ostida ko`pchiligi o`zgartira oladigan tolmas kurashchi hisoblanadi. Xususan yorqin iste`dod sohibi Ibrohim Hakkul shunday deydi: Adabiy jarayon — erkin fikr almashish va bevosita adabiyot, iste`dod qismatiga tegishli eng dolzarb muammolar ustida baxs munozaralar o`tkazishni talab qiladi... Adabiyotimiz butun shunday bir holatdaki, uni ozod mamlakatning mutlaqo ozod adabiyoti. Maqomiga ko`tarish uchun barcha iste`dod sohiblari bir elkadan chiqarishlari, necha yillar mobaynida davom chopib kelgan dastyorchilik va tashviqotbozlik xizmatidan butunlay xalos etishlari lozim, ba`zan juda hayron qolasiz, hissiz bayondan iborat ekanligiga. Qani bu erda yurakni jiz etkazadigan tuyg`u, xarakter. Chinakam yurakdan chiqqan millatning xarakterini to`la ifodalay olgan- - misralar, doimo ma`lum bo`lgan. Birgina A. Oripovning "O`zbekiston vatanim manim", Erkin Vohidovning "O`zbegim qasidalarini oladigan bo`lsak, ular yuragimizga yaqin, xalq orasida juda mashxur ijod namunalaridir. O`zini o`zbekman deya atab yuruvchi kishilar bularni yuragiga jo kiladi, tilida, dilida doimo takrorlab yuradi. Nasrimizda, dramaturgiyamizda ham sezilarli o`zgarishglar. paydo bo`lm okda. Jaxon adabiyoti durdonalari qatoriga kirish uchun umid qilinadigan asarlar yaratilmokda. Ularda davrimizning aktual muammolari: real hayotiylik, chinakam xaqiqatlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Adabiyotimizga endilikda chinakam talantli adiblar, adabiyotda o`ziga xos yo`lga ega bo`lgan yoshlar kirib kelmoqda. Ular ijodidagi ajoyib xarakterlar, o`ziga xos chizgilar, guzal tasvirlar bizni hayratga soladi. Dramaturgiyamizda ham tomoshabinlar kalbini larzaga soladigan asarlar paydo bo`lmokda. Bu esa tomoshabinlar nazaridan chetda qolib ketayotgan teatrlar endilikda ularning sevimli maskanlariga aylanib bormoqda. Istiqlol adabiyoti bizdan yangicha yo`nalish, yangicha ruhdagi mavzularni yoritishni talab qilmokda. Turli xil tanlovlar ko`rik - konkurslar o`tkazilmokda. Masalan, istiqlol, yangi davr, yangi qaxramon ko`rik tanlovini oladigan bo`lsak, unda konkursga yozuvchi va jurnalistlarnn, ijodkor ziyolilarni Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan qahramonlarnmiz ularning beqiyos jasoratlarini, mamlakatimnzni mustahkamlash va rivojlantirishga hissa qo`shayotganfidoyi zamondoshlarimizning orzu – uylari intilishlarini yorqin aks etgiruvchi asarlar yaratishga da`vat etiladi. Mustaqillik tufayli o`z urnini topayotgan ezgu qadriyatlarimiz, muqaddas urf - odatlarimiz, milliy o`zligamiz haqida ma`lumotlar beruvchi yoshlarni istiqlolimizga sadoqat, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mardlik va halollik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan badiiy barkamol qissa va romanlar o`tkir, dolzarb, publitsistik maqola va ocherklarni tanlab kitob holida chop etish ko`rik tanlovning asosiy maqsadidir. YAna bundan tashqari yilning eng yaxshi jurnalisti tanlovi ham o`tkazilmokda. Xulosa qilib aytganda o`zbek adabiyoti, milliy adabiyot yana jaxon miqyosida o`z o`rnini tiklab olishi, o`zinnng nimalarga qodir ekanligini ko`rsatishi lozim. Biz umid qilamizki, kelgusida ijodkorlarimiz bugun dunyoga mashhur bo`ladigan asarlar yaratishadi. 1990 — 2000 yillar adabiyotida Vatanparvarlik ruhi bilan birgalikda odamlarni sabr — bardoshga undash hissi ham sezilib turibdi. Ijodkorlar ijodida yuksak ehtirosni o`tkir fikrlarga urg’u berish, hayotdagi oddiy xodisalardan ma`no topa olish, shu orqali zamondosh his-tuyg`ularini tarbiyalash tamoyillari davom etmoqda. Bularning hammasi adabiy jarayonning yashashda, kurashda xalq bilan qamarbasta ekanligini, u yoshlarni ruhida tarbiyalashga safarbar etilganidan dalolatdir.
Yüklə 21,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə