1-mavzu: Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish. Reja


Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar qanday sifat talablarga javob berishi kerak?



Yüklə 27,49 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü27,49 Kb.
#129141
1   2   3
1.Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish

2. Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar qanday sifat talablarga javob berishi kerak?
Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar asosiy va qo’shimcha sifat talablarga javob berishi kerak. Asosiy sifat talablariga Ishonchlilik va O’rinlilik kiradi. Qo’shimcha sifat talabalariga Qiyoslanuvchanlik, Tushunarlilik, Tekshiriluvchanlik, O’z vaqtida taqdim etish kiradi.
Axborotni ishonchli taqdim etish deganda uning to’liqlilik, holislik va bexatolik sifatlarga egaligi tushuniladi.
Axborotni o’rinlilik taqdim etish deganda uning axbotorning korxona kela kelajagini bashorat qilish imkonini berishi kerakligi va axborotning isbotlovchi xususiyatining bo’lishi keraligi sifatlarga egaligi tushuniladi.
Moliyaviy hisobotning tushunarliligi quyidagilardan tashkil topishi kerak:

  1. Tasniflash, tizimlash va qisqalik

  2. Sodda ko’rinishda taqdim etish emas

  3. Foydalanuvchilar yetarli darajada tayyorlangan deb hisoblash

Moliyaviy hisobotning qiyoslanuvchanligini uning izchilligi, xilma xilligi va hisobning muqobil shakllarini qo’llashni minimallashtirish xususiyatlari tashkil qiladi.
Moliyaviy hisobotning tekshuriluvchanligini quyidagilar tashki qiladi:

  • Mustaqil mutaxassislarning hodisa haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida yakdilligi

  • Bunda hodisani baholashda to’liq yakdillik bo’lishi shart emas

  • Qo’llanilayotgan asoslarning yoritilishi

Moliyaviy hisobotning o’z vaqtida taqdim etilishi deganda Axborotning o’z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun olinishi va doim tezlikda emas, chunki ba’zida ma’lumot uzoq vaqt dolzarbligicha qolishi anglashiladi.
3. Hozirgi paytda amalda bo’lib turgan hisobning xalqaro standartlari
Hozirgi paytda amalda bo’lib turgan buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari:2

BHXS 1

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish

BHXS 2

Tovar-moddiy zaxiralar

BHXS 7

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot

BHXS 8

Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar

BHXS 10

Hisobot davridan keyingi hodisalar

BHXS 12

Foyda soliqlari

BHXS 16

Asosiy vositalar

BHXS 19

Xodimlarning daromadlari

BHXS 20

Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordami to’g’risida ma’lumotlarni ochib berish

BHXS 21

Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda

BHXS 23

Qarzlar bo’yicha xarajatlar

BHXS 24

O’zaro bog’liq tomonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish

BHXS 26

Pension tizimlar bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisobot

BHXS 27

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar

BHXS 24

O’zaro bog’liq tomonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish

BHXS 28

Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar

BHXS 29

Giperinflyatsiyali iqtisodiyotlarda moliyaviy hisobot berish

BHXS 32

Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish

BHXS 33

Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda

BHXS 34

Oraliq moliyaviy hisobotlar

BHXS 36

Aktivlarning qadrsizlanishi

BHXS 37

Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar

BHXS 38

Nomoddiy aktivlar

BHXS 40

Investitsion mulk

BHXS 41

Qishloq xo’jaligi

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining nomlanishi:3



MHXS 1

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”

MHXS 2

“Aksiyaga asoslangan to’lov”

MHXS 3

“Biznes birlashuvlari “

MHXS 4

“Sug’urta shartnomalari”

MHXS 5

“Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat “

MHXS 6

“Foydali qazilmalar zaxiralarini qidirish va baholash”

MHXS 7

“Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”

MHXS 8

“Operatsion segmentlar”

MHXS 9

“Moliyaviy instrumentlar”

MHXS 10

“Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar”

MHXS 11

“Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar”

MHXS 12

“Boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida ishtirok etish to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish”

MHXS 13

“Haqqoniy qiymatni baholash”

MHXS 14

“Ta’rif tuzatishlarini keyinga qoldirish hisobi”

MHXS 15

“Xaridorlar bilan shartnomalar tuzish bo’yicha daromad”


Yüklə 27,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə