1-mavzu: kompyuter texnik vositalari



Yüklə 6,55 Mb.
səhifə75/83
tarix11.12.2023
ölçüsü6,55 Mb.
#146449
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Kasb-hunar maktabi

Purkagichli plotterlar

Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog’ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini yo’naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko’rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir.


Purkagichli plotterlarning uch ko’rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli bosish imkoniyatli.
Rangli purkagichli plotterlar yozuvchi kallakda ko’p sonli soplolarni ishlatadi, lekin ularning o’tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan amalga oshiriladi, ya’ni soplolarning to’rt gURO’hi ishlatilib, ularning har biriga aniq rangli bo’yoq to’g’ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’q qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni ko’pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to’da rangli deb ataladi.
Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli ranglarga bo’yashga qodir еmas.
Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to’la rangli).
Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq еmas. 


Еlektrostatik plotterlar


Еlektrostatik plotterlar (Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida maxsus еlektrostatik qog’oz yuzasida berk potencial relefni yaratish texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo’yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli sxemasi), albatta, bu unchalik qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus qimmatbaho еlektrostatik qog’ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish tezligi bu plotterlarda yuqoridir.



Yüklə 6,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə