1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha



Yüklə 23,83 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü23,83 Kb.
#144155
1   2   3   4
1-Mavzu Kredit modul tizimi haqida tushuncha-fayllar.org

Mualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi eksklyuziv holatlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz „koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli boʻladi. Mualliflik huquqi belgisi © boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar tezislar, sahna asarlar va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni baʼzi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega boʻlishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki maʼlumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos boʻlgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan oʻsha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan boʻlib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qoʻymaydi. Baʼzi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilingan asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi.
Mualliflik huquqi boʻyicha 1952 yilgi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari OʻzR Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va „Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi OʻzR qonuni (O‘RQ-42 20.07.2006) da belgilangan.
Hammualliflik - adabiyot, ilmfan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi.
http://fayllar.org
Yüklə 23,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə