1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə17/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Методика Лекция узб латын

Bilimlarni egallash bosqichlari

bilimlarini qo’llash


mustahkamlash


anglab etish


idrok etish




4. O’quvchilarning bilim o’zlashtirish darajalari. 1. Reproduktiv faoliyatda o’zlashtirilgan (HMA) uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko’rinishlarda qayta ishlab chiqiladi (ta`limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o’xshash vaziyatlarda bir oz o’zgartirib aytishgacha), o’quv predmetida dastlab bilib olingan ma`lumotlarga talaba faoliyat davomida biror yangi axborot qo’shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya`ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat uchun xarakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta`lim, ixtisoslik predmetlari bo’yicha o’quv qo’llanmalarida barcha masalalar (vazifalar)ni ilgari o’zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan echadi, talabaning bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlardir.
2. Mahsuldor faoliyat jarayonida o’quvchi har doim o’quv predmetidan o’zlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakat – (HMA) yaratadi, ya`ni o’quv qo’llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. YAngi axborotni yaratish ham doimo izlanuvchanlik faoliyatida oldingi tajribaga tayanadi.
3. Reproduktiv va mahsuldor faoliyatlar o’zaro bog`langan bo’lib, bilim egallashdagi ikki bosqichdir. Talaba ham reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga doir harakatni har bir masalani echish jarayonining elementi sifatida bajaradi. Psixologik-pedagogik fanlarda masala deganda ma`lum harakat yordamida bajarish mumkin bo’lgan ma`lum bir maqsad tushuniladi. SHunday qilib, maqsad vaziyat va harakat masalaning komponentlari hisoblanadi. Reproduktiv va mahsuldor faoliyatni qo’llash komponentlari masalalarda ko’rsatilgan varinatlarga bog`liq bo’ladi.

  1. Bilimlarni o’zlashtirishning 1-darajasi. 1-daraja (A1). Agar masalada uning echishning mao’sadi, vaziyati va harakati ko’rsatilgan bo’lsa, talabadan bu uchala komponent masalaning tuzilishidagi barcha komponentlarga mos kelishi haqida xulosa chiqarishgina talab etiladi, bu bilish faoliyati hisoblanadi. Talaba uni ob`ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqidagi ilgari o’zlashtirilgan axborotni qayta idrok qilgandagina bajara oladi. Bu tashqaridan algoritmik ko’rinishda berilgan algoritmik faoliyatdir.

5. Bilimlarni o’zlashtirishning 2-darajasi. 2-daraja (A II). Agar masala(vazifa)da maqsad va vaziyat berilgan bo’lsa, o’quvchidan uni echish uchun oldin o’zlashtirilgan (o’rganilgan) harakatni qo’llash talab etiladi, bu reproduktiv algoritmik harakat. Talaba uni – bu harakatni bajarishning oldin o’zlashtirilgan mo’ljali haqidagi axborotni mustaqil qayta tiklab va qo’llab bajaradi. Buni tipik masala deyiladi.
6. Bilimlarni o’zlashtirishning 3-darajasi. 3-daraja (AIII). Agar masala (vazifa)da maqsad berilgan bo’lib, lekin unga erishishning vaziyati noaniq bo’lsa, talabadan esa vaziyatni aniqlash (to’ldirish) hamda bu notipik masalani echish uchun oldin o’zlashtirilgan harakatni qo’llash talab etilsa, bu evristik tipdagi mahsuldor harakat hisoblanadi. Talaba bunday faoliyatni tipik harakatning ilgaridan ma`lum mo’ljal asosini mustaqil o’zgartirish jarayonida o’zi uchun yangi axborotni topish va notipik masalani echish uchun sub`ektiv yangi (HMA)ni qurish jarayonida bajaradi. Bu evristik faoliyat bo’lib, tayyor algoritm yoki qoidaga binoan bajarilmaydi, balki harakatning o’zi davomida yaratilgan yoki qayta o’zgartirilgan algoritm yoki qoidaga binoan bajariladi.
7. Bilimlarni o’zlashtirishning 4-darajasi. 4-daraja (AIV). Agar vazifa (masala)da faoliyatning maqsadi umumiy tarzdagina ma`lum bo’lsa, maqsadga erishish uchun vaziyatni ham, harakatni ham ishlab topish talab etilsa, bu ijodiy tipdagi mahsuldor faoliyatdir, buning natijasida faoliyatning ob`ektiv yangi mo’ljal asosi yaratiladi. Faoliyatni bajarish jarayonida ob`ektiv yangi axborot olinadi. Bunda kishi o’ziga ilgaridan ma`lum bo’lgan sohada “qoidasiz” harakat qiladi, harakatning yangi qoidasini yaratadi, ya`ni ijodiy (tadqiqotchilik) faoliyatini bajaradi. Tadqiqotchilik va yaratuvchanlikni taqozo qiladigan faoliyatlar bunga misol bo’la oladi.

Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə