1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə30/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Методика Лекция узб латын

Ta`lim vositalari
Ta`lim metodlari ta`lim vositalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Didaktik vositalar deganda, o’quv va ko’rgazmali qo’llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta`lim vositalari – bu yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob`ekt. Ta`lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta`limning barcha vositalari ta`lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Ta`lim vositalari o’zida o’quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan moddiy yoki ma`naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta`lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o’qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o’qitish» savoliga javob beradi.
An`anaviy ravishda qo’laniladigan ta`lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvalar, nutq, o’quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.

Metod” va “vosita” o’rtasidagi o’zaro nisbat


Fanni o’qitish bilan bog`liq holda ta`lim vositasi tanlanadi. O’qituvchi o’zining ixtiyori bo’yicha ko’rgazmali material, o’quv qo’llanmadan foydalanishi mumkin. Ta`lim vositasini qo’llashning yana bir jihati albatta ta`lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Ta`lim vositasini tanlab olish ta`lim metodini tanlab olish bilan bog`liq. Agar ta`limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o’quv qo’llanmalari, darsliklar va ta`limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta`limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta`limning passiv(sust) metodlari(talabalar eshitadi, ya`ni hikoya, ma`ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta`limning ko’rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta`limning ko’rgazmali vositalari pedagogning o’zi tomonidan tuzilgan bo’lishi mumkin.





Ta`lim vositalaridan foydalanish shart-sharoitlari
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o’lchov va mutanosiblikka e`tibor berish kerak. Masalan, ko’rgazmali vositalarning soni etarli bo’lmasligi bilimlarning sifatiga ta`sir ko’rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish talabalarning o’rganilayotgan fanga engil-elpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzularni o’rganishda 4-5 demonstratsiya optimal hisoblanadi.



Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə