1-mavzu: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Мarketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi. Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlari



Yüklə 62,22 Kb.
səhifə14/15
tarix24.12.2023
ölçüsü62,22 Kb.
#157904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-mavzu “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. М-fayllar.org

Konversion marketing - salbiy talabni bosib utishga yordam beradi, ya’ni yо‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar tug‘risidagi yolgon ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chikilgan mayonez paydo buldi. Xaridorlar buni tezda qabul kilmadilar. Fakatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi .

Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uygotadi, tovarlar xaridorni kiziktirmasa va bugungi kunda uz qiymatini yо‘qotgan bulsa, tovarlar notug‘ri joylashtirilgan bulsa va boshqa bir necha xollarda talab mavjud bо‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar о‘rtasida foydali о‘zaro aloka urnatishdan , imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni kamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda xar qanday tovar duch keladigan xodisa. Bu xolatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab о‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu xolatda Sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga tug‘ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif meyorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda bо‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda Qullab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qullab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini tuldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bulgan talab va ehtiyoj darajasini saklab kolishga imkon beradi.
Talab xaddan tashkari yukori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu xolatda Demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni kutarish, servisni qisqartirish yо‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
Nosoglom talab soglik uchun zararli bulgan tovarlarga nisbatan paydo bо‘ladi. Bunda Qarama karshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni kondiruvchi talab va xizmatlarga bulgan talabni kamaytirish yoki butunlay yо‘qqilishga xizmat kiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.

Yüklə 62,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə