1-mavzu: Milliy dinlarning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs e’tiqodini ta’minlashdagi roli


Buddaviylik qanday ta’limotni ilgari suradi?



Yüklə 46 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü46 Kb.
#162736
1   2   3
2-топшириқ

2. Buddaviylik qanday ta’limotni ilgari suradi?
Buddaviylikda insonning maqsadi – ong gumrohligiga barham berish bilan belgilanadi. Bu ta’limotning axloqiy talablari “pancha-shila” deb ataladi, bunga ko‘ra qotillikdan, o‘g‘rilikdan, yolg‘ondan, shahvoniyatga berilishdan, mast qiluvchi ichimliklardan saqlanishdir/


3. Xristianlikning ilk tarixi qachondan boshlanadi?
Xristianlik (yun. Christos-Xudo yarlaqagan vakil, xaloskor) –Rim imperiyasining sharqiy qismi (Falastin)da paydo bo‘lgan. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.


4. Xristianlikning muqaddas kitoblari qaysilar?
Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlar kitoblari», «Payg‘ambar kitoblari»ga bo‘ladilar. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini shunday tasnif qiladilar: «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg‘ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.


5. Xristianlikda qanday bayram va marosimlar bor?
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi Ular:
1. Bibi Maryamning tug‘ilishi (Rojdestvo Bojey materi);
2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya);
3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogorodisы);
4. Isoning tug‘ilishi (Rojdestvo Xristovo);
5. Isoni cho‘qintirish (Kreщenie Gospodnya);
6. Olqishlash (Sretenie);
7. Xushxabarning nozil bo‘lishi (Blagoveщanie);
8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 hafta keyingi yakshanba;
9. Isoning qayta tirilishi (Voskresene Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to‘lishgan birinchi yakshanba;
10. Isoning osmonga ko‘tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;
11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie Svyatogo duxa – Troitsin Den);
12. Iso qiyofasining o‘zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.
3-mavzu: Islom tafakkuri va madaniyatining shakllanish bosqichlari



Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə