1-mavzu: motivatsiya haqida umumiy tushuncha (2 soat) reja: Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. Motivlarning turlari


 A.Maslouning ierarxik nazariyasi



Yüklə 120,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü120,71 Kb.
#165874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 - MA\'RUZA

4. A.Maslouning ierarxik nazariyasi. 
Amerikalik ruhshunos Abraham Maslou XX sarning 40-yillarida o‘zining 
ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va 
qiziqishning 5 turiga tayanadilar deydi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo‘yidagi 
ko‘rinishga ega. 
O’zligini 
isbotlash 
Hurmatga ehtiyoj 
E’tiqod va kishilar bilan 
aloqadorlikka ehtiyoj 
Xavsizlikka bo’lgan ehtiyoj 
Fiziologik ehtiyojlar 
Ikkilamchi ehtiyojlar 
Birlamchi ehtiyojlar
ehtiyojlar 


 
Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo‘yicha) 
Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar — bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni 
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng 
avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya’ni 
oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, 
boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi. 
Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ham 
birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy 
guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning 
uchinchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham 
yuritiladi. 
Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini 
tashkil kiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan 
ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e’tibor. O‘zligini 
isbotlash ehtiyoji, ya’ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin 
imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa, shunga 
erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o‘sishida o‘z aksini topadi. 
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori 
darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo‘sh, bu ehtiyojlarni 
qondirish uchun rahbar qanday usul va yondashuvlarni qo‘llashi kerak.

Yüklə 120,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə