4-Mavzu: Menejmentda motivlashtirish va uning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 9,51 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü9,51 Kb.
#154422
  1   2   3   4
4-Mavzu Menejmentda motivlashtirish va uning o\'ziga xos xususiy-fayllar.org


4-Mavzu: Menejmentda motivlashtirish va uning o'ziga xos xususiyatlari

4-Mavzu: Menejmentda motivlashtirish va uning o'ziga xos xususiyatlari
Reja:

4.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati


4.2. Motivlashtirish modellari va strategiyasi
4.3. Motivlashtirish nazariyalari

Tayanch tushunchalar:
Motivatsiya, ehtiyoj, mode,l kompleks motivlashtirish, “shirin kulcha”, “qamchi”, nufuz, ichki omillar, bazis ehtiyojlar, strategiya, “gigienik omillar”, rag'batlantirish.


4.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
Avvalo, motivatsiya to’g’risida to’xtalib o’tish o’rinlidir.


Motivatsiya (ruscha - o'zbekcha lug'atda) tushunchasi - biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan:

Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo'lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag'batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo'llar bilan maqsadga muvofiq yo'naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog'liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo'ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o'z kuchini tiklash, o'zini issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo'larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo'lish va sog'lom hayot kechirib, uzoq umr ko'rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo'lmagan har xil xizmatlar ko'rsatish orqali qondiriladi.
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo'zg'atuvchi motivdir.
Ehtiyoj qat'iyan tabaqalashgan bo'ladi. Ya'ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog'liq.
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi.


Yüklə 9,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə