1-mavzu. Oliy maktab pedagogikasiga kirish. Reja



Yüklə 17,51 Kb.
səhifə1/2
tarix29.09.2023
ölçüsü17,51 Kb.
#124737
  1   2

1-mavzu. Oliy maktab pedagogikasiga kirish.
Reja:

1. Oliy ta’limning maqsadi, oliy maktab pedagogikasining predmeti, ob’yekti, qonuniyatlari, prinsiplari, ilmiy tadqiqot metodlari, manbalari.


2. Oliy ta’lim sohasida O‘zbekiston davlati siyosatining asosiy prinsiplari, ikki bosqichli oliy ta’lim, bakalavriat, magistratura.
Pedagogik adabiyotlarda oliy maktab pedagogikasi atamasiga berilgan ta’riflar.
— Oliy maktab pedagogikasi
— talabalarni o'qitish va tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish haqidagi fan.
Oliy maktab pedagogikasi
— oliy ta’lim muassasasida talaba va professor-o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishga doir ilmlar majmui.
— Oliy maktab pedagogikasi
— oliy o'quv yurtlarida o‘qish - o'qitish, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikmalami egallash, talabalarda yuksak ma’naviy - axloqiy sifatlarni tarbiyalashning mazmuni, shakl - usullari, qonuniyatlari haqidagi pedagogik fandir. Bu ta ’riflarning har birida ma’lum ilmiy haqiqat aks ettirilgan, ya’ni oliy maktab pedagogikasi tushunchasiga xos ayrim m uhim xususiyatlar va belgilar keltirilgan. 2. Oliy maktab pedagogikasining predmeti
— oliy ta’lim muassasalarida o ‘quv-tarbiya jarayonlari, oliy maktabda ta’lim - tarbiyaning mazmuni, shakl - usullari.
3. Oliy maktab pedagogikasining obyckti — oliy ta’lim muassasalari faoliyati, professor - o‘qituvchilar bilan talabalarning hamkorlikdagi faoliyati, hamkorlik faoliyatining turlari, shakllari.
4. Oliy maktab pedagogikasi pedagogika fanining bir tarmog‘i sifatida pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda ariiqlangan" va ifodalangan umumiy pedagogik qonuniyatlar va prinsiplarga asoslanadi.
5. Oliy maktab pedagogikasining umumiy qonunlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
— oliy ta ’lim muassasasidagi ta’lim - tarbiyaning xarakteri, mazmuni, shakllari ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan belgilanadi va davlat hujjatlarida ijtimoiy buyurtma sifatida ifodalanadi;
— oliy ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl- usullarining birligi.
6. Pedagogika fanida aniqlangan va qo'llanib kelinayotgan ta’limning umumiy prinsiplariga oliy ta ’lim jarayonida ham amal qilinadi. Bular:
— o‘quv dasturlari, darsliklardagi bilimlarni ongli o‘zlashtirish prinsipi;
— faollik prinsipi, talabaning faoliyatiga tayanib o ‘qitish prinsipi;
— oliy ta’limning mazmuni, shakl-usullari talabaning yosh xususiyatlariga mosligi;
— bilimlarni o‘zlashtirish va malakalami egallashda izchillik va tizimlilikka rioya qilish;
— ta’limning amaliyot bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘liqligi; — ko‘rsatmalilik, axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish prinsipi.
7. Oliy maktab pedagogikasining ilmiy tadqiqot metodlari. Oliy maktab pedagogikasi yo‘nalishidagi muammolami tadqiq etishda, odatda, quyidagi pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari ko‘proq qoMlaniladi: — nazariy, falsafiy, badiiy, metodik adabiyotlar va manbalami o‘rganib, tahlil qilish metodi;
— m a’lum bir maqsad bilan kuzatish metodi;
— sotsiologik metodlar: savol - javob, anketa so‘roVlari, intervyu olish;
— pedagogik ilmiy - tajriba (eksperiment);
— matematik - statistik tahlil; — reyting metodi;
— biografiyalami o ‘rganish metodi.
8. Oliy maktab pedagogikasining manbalari sirasiga quyidagilar kiradi: —
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992), T a’lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997);
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, m a’ruzalari, nutqlari, savol-javoblari;
— Oliy Majlis va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining m e’yoriy hujjatlari;
—Markaziy Osiyoda ’yashab ijod etgan allomalarning pedagogik g‘oyalari, jahon pedagoglarining mumtoz asarlari;
— 0 ‘zbek xalq pedagogikasi asarlari, milliy-madaniy, axloqiy qadriyatlaj, an’analar, urf-odatlar;
— pedagogikaga doir ilmiy, metodik adabiyotlar, darsliklar, o ‘quv rejalari, dasturlar, oliy ta’limning davlat standarti;
— badiiy - pedagogik asarlar;
— oliy ta’lim muassasalarining ish tajribalari ( 0 ‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda);
— Avesto, Q ur’oni Karim, Hadislar va boshqa ilmiy adabiyotlar
II. 0 ‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning isloh etilishi. 1. 0 ‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim 1997-yilda qabul qilingan Ta’lim to ‘g‘risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida isloh etiladi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda: «Oliy ta ’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta ’minlaydi. Oliy m a’lumotli mutaxassislami tayyorlash universitetlar, akademiyalar, institutlar va boshqa oliy ta’lim muassasalarida o ‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi negizida
amalga oshiriladi», - deyilgan. 2. Oliy ta’lim sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasi amalga oshirayotgan davlat siyosatining asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: — oliy maktabda ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; — ta’limning uzluksizligi, izchilligi; — oliy ta’limning maqsadi va m azm uni dunyoviy xarakterda ekanligi; — davlat ta’lim standartlari asosida oliy ta ’lim olishning ham m a uchun ochiqligi; — oliy ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; — bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; — oliy ta’lim tizimida davlat v aJam o at boshqaruvining uyg‘unligi. 3. Oliy ta’limning maqsadi obyektiv xarakterga ega bo‘lib, 0 ‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jam iyatini qurisli, mamlakatimizni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida rivojlangan davlatga aylantirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu ehtiyojlar davlat buyurtmasi sifatida T a’lim to !g‘risidagi qonun (1997) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, Prezidentimizning asarlari, nutqlarida ifodalanadi. O ‘zbekistonda oliy ta’limni isloh qilish maqsadi — oliy ta’limning tuzilishi, mazmuni, shakl va usullarini tubdan o‘zgartirish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to ‘la xalos etish asosida, rivojlangan dem okratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali mutaxassislarni tayvorlashdan iborat. 4. 0 ‘zbekiston Respublikasida oliy ta ’lim ikki bosqichli qilib tashkil etiladi. Birinchi bosqichi — bakalavriat (kamida 4 yillik), ikkinchi bosqichi — magistratura (kam ida 2 yillik) shaklida isloh etiladi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari va pullik - shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Fuqarolar ikkincHi oliy m a’lumotni shartnoma asosida olish huquqiga ega.

Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə