1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja


-MAVZU OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə12/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#86464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Yosh fiziologiyasi8

4-MAVZU

OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI

Reja

1.Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.

2.Birinchi va ikkinchi signal tizimi haqida tushuncha.

3.Uyqu va uyqu gigiyenasi.



Tayanch tushunchalar: Nerv, neyron, qo‘zg‘alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish, signal, birinchi va ikkinchi signal, tip, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, aqliy mehnat, charchash va o‘ta charchash, nevroz, ratsionalizatsiyalash.

I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy ko‘zatishlar asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo‘lgan edi.



  1. Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo‘ladi, o‘rta o‘zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o‘z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli reflekslar tez so‘nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo‘pol, xarakteri o‘zgaruvchan, o‘z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ishlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.

  2. Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv protsesslarining kuchliligi, qo‘zg‘lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo‘lib, tez so‘nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’nikadi, o’qish va yozishni tez o‘rganadi, ular namunali xulqqa ega bo‘ladi, darslarni a’lo o‘zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ko‘p, aytilgan so‘zlarni tez ilg‘ab oladi, jonli, harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan o‘z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.

  3. Kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo‘zg’alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o‘rin almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo‘ladi, tez so‘nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni tez o‘rganadilar, ularning xulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so‘z bolalar bo‘ladilar.

  4. Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv protsesslari sustligi, kam qo‘zg‘aluvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jarayonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, tez charchaydi, o‘qish, yozishni sekin o‘rganadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, o‘z o‘rtog‘ining harakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o‘zlashtirish past, harakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xarakterlanadi.

I.P.Pavlovning fikricha, oliy nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi Gippokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament turlariga mos keladi. Gippokrat odamlarda turtga temperament xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik turlarini aniqlangan. Jonsarak tip xolerik temperamentga va nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi. Oliy nerv faoliyatining yuqoridagi tiplari sof holda kamdan-kam uchrab ko’pincha bitta individumda har-xil tiplarga xos belgi va xususiyatlar aralashib ketadi. Oliy nerv faoliyatining tipi nerv tizimining naslga o‘tgan xossalari bilan individning hayot davrida boshidan kechiradigan ta’sirlaridan tarkib topadi. Natijada nerv tizimining muayyan tipi vujudga keladi. Oliy nerv faoliyatining tug’ma xususiyatlari tashqi muhit ta’sirida doimo o‘zgarib turadi.

Oliy nerv faoliyatining o‘zgarib turish jarayonini plastiklik deb ataladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘ini saqlash masalasi keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib o‘quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi va o‘ta charchashining oldini olish vazifasini ham o‘z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o‘quvchining o‘ta toliqishiga yo‘l qo’ymaslik bilan bog‘liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota-onalarning diqqat markazida turishi lozim. "Maktab kasalliklari" deb ataluvchi kasalliklarnini oldini olish hozirgi vaqtda o‘quvchilar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.

Nerv tizimi organizm uning muhiti somatik nerv tizimi va uning cheksiz organlari “autonomic yoki vegetative nerv tizimibilan bog’langan. Somatik nerv tizimining xususiyatlari xis-tuyg’ularini anglash tushunish, ixtiyoriy ko’chish, ma’lumotlarni tezlikda almashtirish tarqatishdan iboratdir. Vegetativ nerv tizimibir tomondan doimiy ravishda gomeostasni ayni holicha muvozanatda saqlashga va tabiiy muhit zaruratidan kelib chiqib organ funksiyasining o’zini-o’zi tartibga solish idora etishga javobgar. Somatic va outomotic nerv tizimimiyadan tanaga boradigan impul’s mitoz bog’lanishi singari sensorlik markazga intilishni o’z ichiga oladi. Markazga intiluvchi o’tkazuvchanlik tevarakdagi organlarda markazga “miyaga” o’tkazilganda yuz beradi. Keyingi o’tkazuvchanlik bo’lsa markazdan boshqa joyga skelet muskuli, yumshoq muskul o’tkazganda sodir bo’ladi. Nerv tizimi taqsimlanishiga ko’ra va markaziy peripheral nerv tizimiga bo’linadi.

Miya po‘stlog‘ida turli ta’sirotlarni qabul qiluvchi zona (analizator)lar bo‘lib, ular o‘zaro hamkorlikda ish bajarishi aniqlangan. Bular quyidagilar:

1. Ixtiyoriy harakatlantiruvchi analizatorlar (bo‘g‘imlar; skelet muskullarining ixtiyoriy harakati) markaz oldi pushtasida va markaz yaqinidagi bo‘lakda joylashgan gigant hujayralardan tashkil topgan. O‘ng tomondagi analizatorlar chap qo‘l va oyoqni, chap tomondagi analizatorlar o‘ng qo‘l va oyoqni idora qiladi.

2. Organizmning toq qismi – tana va toq a’zolar (halqum, hiqildoq, muskullar) vazifasini har ikkala yarimsharlar baravar idora qiladi.

3. Bosh bilan ko‘zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatlantiruvchi analizatorlar peshona bo‘lagidagi o‘rta pushtada joylashgan.

4. Bosh harakati va holati bilan bog‘liq bo‘lgan analizator hujayralar miyaning chakka bo‘lagidan o‘rin olgan.

5. Ichki a’zo va tomirlar silliq muskullarini harakatga keltiruvchi analizatorlar oldingi markaziy pushtaning old tomonidan joy olgan.

6. Eshituv analizatorlarining markaziy hujayralari – ustki chakka pushtaning o‘rtasida joylashgan.

7. Ko‘ruv analizatorlarining markaziy hujayralari ensa qismining ichki yuzasi (sulcus calcarinus)da o‘rnashgan.

8. Hidlov analizatori hujayralari chakka bo‘lagining ichki yuzasida joylashgan.

9. Ta’m bilish analizatorlarining markaziy hujayralari – hidlov miyasidan o‘rin olgan. Hidlov miyasi miya yarimsharining medial tomonidagi gumbaz pushta, dengiz otining oyog‘idan (yon qorinchaning pastki shoxi ichidan) tuzilgan.

10. Teri sezgi analizatorlari hujayralari – orqa markaziy pushtadan o‘rin olgan.

Miya yarimsharlari po‘stlog‘ida joylashgan analizatorlar (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, og‘riqni sezish va b.) I.P.Pavlovning iborasi bilan birinchi signal tizimi deb ataladi. Lekin odamlar hayvonlardan farqli o‘laroq fikr yuritish, ijod qilish, o‘z fikrini til orqali ifodalash, tushuntirish (yozish) qobiliyatiga egadirlar. Shunday qilib, taraqqiyot davrida paydo bo‘lgan fikrlash va so‘zlash ikkinchi signal tizimi nomi bilan ataladi. Shuning uchun ham odamlarda oldin birinchi signal tizimi, keyinroq asta-sekin fikrlash, so‘zlash (ikkinchi signal tizimi) vujudga kelgan. Bu tizimning rivojlanishida turmush sharoiti, atrof-muhitning ahamiyati naqadar katta ekanligini unutmaslik lozim. Demak, ikkinchi signal tizimi faqat odamlargagina xos xususiyat. So‘z analizatorining hujayralari pastki peshona pushtasida joylashgan. Agar bu analizator ishdan chiqsa, odamning tili, labi, hiqildoq muskullari harakat qilgani bilan tovushni so‘zga aylantirish qobiliyati yo‘qoladi.

So‘zni yozish harakat analizatorlari hujayralarining o‘rta peshona pushtasida joylashgan. Yozma so‘zning ko‘ruv analizator hujayralari miya tepa qismining pastki bo‘lagida joylashgan. Bundan tashqari, so‘zlash, o‘qish va yozish vaqtida miya po‘stlog‘ida joylashgan 14 milliard hujayralar ham qatnashadi.

Bosh miya pardalari Bosh miya ham xuddi orqa miyadek uchta parda bilan o‘ralgan. Bu pardalar bosh miyani o‘rab katta teshik sohasida orqa miya pardalariga o‘tib ketadi. Bosh miyaning qattiq, to‘r va yumshoq pardalari tafovut qilinadi.Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali) pishiq bo‘lib, tarkibida kollogen va elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Kalla bo‘shlig‘ini ichki tomondan qoplab, u kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi suyak usti parda vazifasini ham bajaradi. Kalla qopqog‘i suyaklari bilan u pishiq birikmagan bo‘lib, oson ajraladi. Kalla asosi suyaklari bilan u choklarning chekkalari va teshiklar sohasida mustahkam birikkan. Qattiq pardaning to‘r pardaga qaragan ichki yuzasi silliq. Ba’zi sohalarda qattiq parda bo‘linib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shaklidagi vena bo‘shliqlarini hosil qiladi. Vena bo‘shliqlariga qon bosh miya va kalla suyaklari venalaridan oqib keladi. Bosh miyaning qattiq pardasi o‘zining ichki yuzasidan miyaning qismlari o’rtasiga kirib, ularni bir-biridan ajratuvchi bir nechta o‘simtalar beradi. Ulardan bosh miya o‘rog‘i (falx cerebri) yarimsharlar o‘rtasidagi bo‘ylama yorig‘da joylashgan yupqa plastinka bo‘lib, qadoq tanaga yetib bormaydi. Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) ikki qiyalik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya yarimsharlarining ko‘ndalang egatiga kirib, bosh miyani miyachadan ajratadi. Miyacha o‘rog‘i (falx cerebelli) sagital yo‘nalgan bo‘lib, miyacha yarimsharlari o‘rtasiga kiradi. Turk egari to‘sig‘i, (diaphagma sellae) gipofiz chuqurchasi ustida gorizontal joylashgan, o‘rtasida teshigi bor qatlam. Uning ostida yotgan gipofiz teshik orqali gipotalamus bilan qo‘shiladi.

Bosh miyaning qattiq pardasi vena bo‘shliqlari uning ikki bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, ular orqali bosh miyadan vena qoni ichki bo‘yinturuq venaga oqadi. Vena bo‘shliqlari devori qattiq tortilgani, hamda har doim ochiq va klapanlari bo‘lmagani uchun har qanday sharoitda ham qon erkin oqadi. Bosh miya qattiq pardasida quyidagi vena bo‘shliqlari bor:

1.Eng katta va keng ko‘ndalang vena bo‘shlig‘i (sinus transversus).

2.Bosh miya o‘rog‘ining yuqori chekkasi bo‘ylab joylashgan yuqorigi sagittal vena bo‘shlig‘i (sinus sagittalis superior).

3.Bosh miya o‘rog‘ining pastki chekkasi bo‘ylab joylashgan pastki sagittal vena bo‘shlig‘i (sinus sagittalis inferior).

4.To‘g‘ri vena boshlig‘i (sinus rectus) yuqori va pastki sagittal vena bo‘shliqlarining orqa uchlarini qo‘shib turadi.

5.Ensa vena bo‘shlig‘i (sinus occipitalis) ko‘ndalang va sigmasimon sinuslarni qo‘shib turadi.

6.Sigmasimon vena bo‘shlig‘i (sinus sigmoideus) o‘z nomidagi egatda yotib ichki bo‘yinturuq venaga o‘tib ketadi.

7.G‘ovak vena bo‘shlig‘i (sinus cavernosus) turk egarining yon tomonida yotadi.

8.Yuqorigi va pastki tosh vena bo‘shliqlari (sinus petrosus superior et inferior) chakka suyagi piramidasining yuqori va pastki chekkalari bo‘ylab yotadi. Ba’zi sohalarda qattiq parda sinuslari emissar venalar (v.v.emissariae) vositasida boshning tashqi venalari bilan, diploik venalar (v.diploicae) kalla qopqog‘i g‘ovak moddasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.

Muskullar, bo‘g‘imlar tarkibida joylashgan retseptorlarga propritseptiv (o‘z-o‘zini sezish) tuyg‘u yo‘li deb yuritiladi. Bu yo‘l ham uch neyron zanjiridan iborat.

Birinchi neyron orqa miya tugunchalarida joylashadi, ularning periferik o‘simtasi muskul va bo‘g‘imlarda retseptor hosil qilib tugallansa, markaziy o‘simtasi orqa miyaning orqa tizimchalari – funiculus posterior da joylashadi. Shuningdek, bu yerda nozik tutam (fasciculus gracilis) medial hamda ponasimon tutam (fasciculus cuneatus) lateral joylashgan. Birinchi neyronlarning aksonlari uzunchoq miyada ana shu tutamlar tarkibida bo‘rtmalar – yadro’largacha (nucleus gracilis va nucleus cuneatus) davom etadi. Bu yo‘lni qisqacha tractus gangliobulbaris deb aytish mumkin.

Ikkinchi neyron yuqorida aytilgan yadro’larda joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari qovuzloq kesishmasi – decussatio lemniscorumni, so‘ngra medial qovuzloq – lemniscus medialisni hosil qilib, ko‘ruv do‘mbog‘ining lateral yadro’larida tugallanadi. Bu yo‘l tractus bulbothalamicus deb ataladi.

Uchinchi neyron ko‘ruv do‘mbog‘ida joylashgan, uning aksonlari ichki kapsula tolalari tarkibida bosh miya po‘stlog‘ining oldingi markaziy pushtasiga borib tugallanadi. U bosh miya po‘stlog‘ining harakat analizatori markazidir. Shunday qilib, bu chuqur sezgilarni o‘tkazuvchi yo‘lga tugun–piyozcha–ko‘ruv do‘mbog‘i – miya po‘stlog‘i (tractus gangliobul-bothalmocorticalis) yo‘li deb aytish mumkin.

Sinaps. Har bir neyronlarning alohida birligi bo'lib, neyronlarning o'rtasida hech qanday anatomik aloqasi yo'q. Qanday unda neyronlar muloqot uchun mumkin? Boshqa so'zlar bilan aytganda, qanday qilib bir neyrondagi akson boshqa neyrondagi membrana bilan funktsional bog'lanish anglatadi? Bu ma'no yunon so'zidan, sinapsisten tomonidan amalga oshiriladi "chaladi uchun." Nerv nerv impul’slarining uzatish uchun funktsiya nuqtalari bor.

Aksonun dallanma negativ ichida neyro o’tkauvchi sifatida ma'lum bo'lgan kimyoviy bir turini o'z ichiga olgan kichik pufakchalari (vezikülleri) bor. rag'batlantirdi bo'lsa, akson hujayralar orasidagi tor farq, sinaptik, uchun o'z neyro o’tkauvchi relizlar. Neyro o’tkazuvchi keyin postsinaptik hujayra sifatida tasvirlangan keyingi xonasida rag'batlantirish kimyoviy signal sifatida bajaradi. qabul qiluvchi yuza ustidan, odatda bir dendrite, hujayraning ba'zan boshqa qismi, termoq va maxsus neyroo’tkauvchilar javob berish uchun tayyor maxsus joylar, yoki retseptorlari bor. Hujayra membranasining ta'siri retseptorlari deb hujayra berilgan neyroo’tkauvchi javob qanday yoki, ko'p ma'lum neyro o'tkazgichlar mavjud bo'lsa-da, asosiy bo'lganlar epinefrin, shuningdek, adrenalin deb nomlangan bor; a tegishli aralashma, norepinefrinni, yoki noradrenalinni; va asetilkolin. Asetilkolin (Ach) nerv-mushak chorrahasida ozod neyro uzatuvchi, bir neyrondagi va mushak hujayra o'rtasida sinaps deb. Yuqoridagi neyro moslamalarini barcha uch avtonom nerv tizimida faoliyat. Ular yetib hujayralarni rag'batlantiruvchi sifatida neyro moslamalarini o'ylash keng tarqalgan; Aslida, ular bu muhokamaga kabi ta'rif qilingan.




Uzunchoq miya va uning funksiyalari. (Varo’liy ko‘prigi). Uzunchoq miya orqa miyaning davomi sifatida Varo’liy ko‘prigiga o‘tadi. MNT ning bu ikki qismi funksional nuqtai nazardan bir butun tuzilma bo‘lib, keyingi miya deb ataladi. Keyingi miyadagi kulrang modda segmentlarga bo‘linishi qisman saqlanib qolgan bo‘lsa-da, bu moddaning asosiy qismi bir-biridan ajralgan yadro’lardan iborat. Uzunchoq miya va Varo’liy ko‘prigi chegarasida eshituv va vestibulyar nervlar yadrosi, yuz nervi yadrosi esa to‘rsimon formatsiyaning ko‘prik qismida joylashgan. Bosh miya nervlari yadro’laridan tashqari, keyingi miya kulrang moddasining bir qismini Gol va Burdax tutamlari tugaydigan neyronlarning somalari tashkil etadi. Keyingi miyada 8 juft o‘ta muhim ahamiyatga ega yadro’lar joylashgan. Bu yadro’larni periferiya bilan somatik va vegetativ tolalar bog‘lab turadi. Keyingi miyaning oq moddasini orqa miyadan o‘tkazuvchi yo‘llar bosh miya bilan bog‘laydi. Demak keyingi miya ham reflektor, ham o‘tkazuvchi yo‘l faoliyatlarga ega.

Keyin miya reflekslari. Ushbu miya bo‘limida hayotiy ahamiyatga ega bir qancha reflekslarning yoylari tutashgan. Bu reflekslar ichki organlar faoliyatini boshqarishda katta ahamiyatga ega. Bular jumlasiga avvalombor nafas olishni boshqaruvchi reflekslar va nafasga aloqador aksirish, yo‘talish kabi himoya reflekslaridir. Nafas olish (inspiratsiya) va nafas chiqarish (ekspiratsiya) jarayonlarini nafas markazi boshqaradi, bu markaz esa Varo’liy ko‘prigining yuqori chegarasi bilan o‘zunroq miyaning pastki qismi o‘rtasi - retikulyar formatsiyaga tegishli sohada joylashgan.

Zamonaviy o‘qitish jarayoni o‘quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini qo‘llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga karatilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o‘quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.

O‘quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o‘rganish, toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o‘qituvchilari oldida to‘rgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Odam organizmining barcha to‘qima va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Odam tug’ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o‘rganishi miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining funksional holatiga bog‘liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga ko‘ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to‘qimasidagi tug’ma kamchiliklar, tug‘ilgandan keyin har-xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigiyenik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalliklari paydo bo‘lishi.

Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Instinktning asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik jinsiy qo‘zg‘alish, qurqish) ma’lum intilishni (motivatsion) shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo‘lgan) xatti-harakatlarni bajaradi12.

Aqliy mehnat (o‘qish, yozish, fikrlash, masala echish, dars tinglash va tayyorlash va hokazolar) asosan ko‘rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya po’stlog‘idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishidir.

Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor kamayadi, o‘zlashtirish pasayadi, bo‘shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga o‘tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko‘rsatadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po‘slog‘idagi nerv hujayralari o‘rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobiliyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon bo‘lib, tormozlanishning oxirgi pog‘onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh miya po‘stloq qismiga, so‘ngra nerv tizimining tuban qismlariga tarqalib, organizmni bo‘shashtiradi.

Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanishning bo‘shashi bilan bog‘liq. Bu harakatlar o‘zgacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

O‘quvchilarning o‘zlari aktiv o‘quv yo‘ldan to‘xtagan bo‘ladilar - sinfda ozgina shovqin-suron ko‘tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo‘zg‘alish protsesslarining bo‘shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish protsesslari qo‘zg‘alish protsessidan ustun turadi.

I.P.Pavlov charchashda tormozlanish protsessining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan: "Charchash tormozlanish protsessining avtomatik ichki qo‘zg‘ovchilardan biridir" - deb yozgan edi.

Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zahira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Masalan: agar Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam muomala qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yyetkazadi. Bu o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi.

Niderlandiyada maktabni tashlab ketish va darslarga muntazam qatnashmaslik haqida qonun qabul qilingan. Bu qonunga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan barcha o’quvchilar ta’lim dasturiga doimiy qatnashishlari majburiy qilib belgilangan. Agar bir o’quvchi o’quv yilining 4 haftalik muddatida muntazam ravishda 16 soat dars qoldirsa, maktab ma’muriyati Davomatlar bo’yicha ish ko’ruvchi qo’mitaga xabar berishadi. Salomatlik muammolari sababli dars qoldirish kechiriladi va bu qonunga kiritilmaydi. Niderlandiyada so’nggi bir necha yildan beri sog’liq muammolari bilan bog’liq dars qoldirishlar soni ko’paymoqda. Buning sabablari aniq emas. Dars qoldirish bilan bog’liq bo’lgan sog’liqqa jiddiy e’tibor berish maqsadida M@ZL rejasi rivojlantirildi. Bu reja turli nuqtai nazarlardan maktabni erta tashlab ketishga yaqin keladi. Reja davomat o’rniga, darsni qoldirish sabablarini aniqlashni va ko’p dars qoldiradigan talabalarga yordam berishni maqsad qiladi13.

Ortiqcha yuklama yoki charchaganliklari ko‘rinib to‘rgan bir vaziyatda mashg‘ulotni davom ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki, uni I.P.Pavlov chegaradan “tashqi yoki himoyalash tormozlanishi" deb atagan edi, bu tormozlanish po‘stloqning nerv hujayralarini zo‘riqib ketishdan himoya qiladi. Po‘stloq hujayralarining tez zo‘riqib ketib tormozlangan holatga o‘tishi ayni bir sharoitda bosh miya quyi bo‘limlari hujayralarining chidamliligiga keskin suratda zid keladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun charchashning eng dastlabki bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o‘quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash qobiliyatlarini yo‘qotmaydilar. Biroq ko‘p ishlash natijasida ish qobiliyati pasayadi.

Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchi hulqida va holatida aqliy charchash alomotlarini sezsalar, ko‘pincha e’tibor bermaydilar, chunki bu o‘zgarishlar vaqtinchalik bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo‘lib, astenik sindrom deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv tizimi faoliyati bo‘zilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo bo‘lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.

Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o‘ta ta’sirchanlik, o‘zini to‘ta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo‘ladi, Bolalar aktiv bo‘lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib bo‘lmaydi. Ular tinimsiz bo‘lib, biror ishni oxirigacha diqqat - e’tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko‘p tush ko‘rishadi.

Agar o‘z vaqtida chora ko’rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, kuchayib, ikkinchi bosqichga o‘tib ketadi. Bunda o‘ta ta’sirchanlik va jizzakilik toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jahildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o‘quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko‘proq qiladi, ba’zan so‘zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi materialni qiyin o‘zlashtiradi, lanjlik va bosh og‘rish o‘quvchi ish faoliyatini susaytiradi. O‘quvchida surunkali toliqishning oldini olishda ishlash va dam olish rejimiga aniq rioya qilish lozim. Toliqishning eng asosiy belgisi aqliy mehnat natijasining kamayishidir.

Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy toliqishdan farq qilish lozim. Aqliy toliqish orta borgan sari bolaning bajarayotgan ishida unum bo‘lmaydi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə