1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja


Bu maqsad bo'lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi



Yüklə 92,22 Kb.
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü92,22 Kb.
#159194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi fa

Bu maqsad bo'lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to'g'risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf–odat va an'analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik–psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
5. O'quv–tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar.
6. O'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy–ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funktsiyasi, tuzilishi to'g'risida o'qituvchilar uzluksiz ma'lumotlarni o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi, hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.

Yüklə 92,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə