1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja



Yüklə 92,22 Kb.
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü92,22 Kb.
#159194
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi fa


1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.
Reja:

  1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.

  2. Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo’llari.

  4. Eng qаdimgi dаvrlаrdаn erаmizning ХII аsrlаrigаchа o’qituvchilik fаоliyati to’g’risidа ijtimоiy qаrаshlаr.

  5. Yunon faylasuflari asarlarida o’qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi

g’oyalar.


Tayanch tushunchalar:
Barkamol avlod yili”; “Pedagogik mahorat” fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat vositasi; komponent; o'qituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar;
Ta'lim to'g'risida”gi Qonun; tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil o'qib o'rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil o'qituvchisi”; “Yil maktabi”; “ilg'or o'qituvchi”; “ijodkor o'qituvchi”; “novator o'qituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; Mudarrislar; murabbiylar; ulamolar; miloddan avvalgi VII – VI asrlar; ibtidoiy jamoa; zardushtiylik dini; “Avesto”; kohin muallimlari;notiqlik san`ati.


1.1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul
qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e'lon qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimmasiga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik entsiklopediya”da ta'rif quyidagicha izohlangan: “O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko'rsatkichi.
2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan
kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O'quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy
komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb–hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy
ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi.
Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim.
Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta'lim – tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy – ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq–atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Pedagogik faoliyatning maqsadi.
• Pedagogik faoliyatning ob'ekti va sub'ekti.
• Pedagogik faoliyatning vositasi.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta'lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituvchilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning ob'ektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, o'quvchi va o'quvchilar guruhiga hamda alohida o'quvchiga, pedagogik jarayonning sub'ektlari - ota-onalar,
o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas'uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta'lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O'qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya'ni egallagan bilimlarini o'zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo'llay bilishi bilan belgilanadi. O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatni taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan har xil ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o'quv – tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik–psixologik ta'limot nuqtai – nazaridan yondashish, ta'lim – tarbiyani milliy an'analarimiz ruhida zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o'quv – tarbiyaviy jarayonda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o'qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma'lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o'rin olgan.
Shunga ko'ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to'g'risida ma'lumotlar berib boradi.

Yüklə 92,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə