1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja


Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari



Yüklə 138 Kb.
səhifə13/21
tarix01.02.2023
ölçüsü138 Kb.
#99874
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal

5.2.Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari 

  • 5.3.Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari

  • Nazorat savollari

  • Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar

15 


Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko`pchilikni 
tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini
ta`minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini 
belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, olimlar ko`pincha kichik 
guruhlarda ish olib borishni afzal ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini 
bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy – mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi 
tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o`tilganidek ko`pchilikni qamrab olishda 
qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan 
metodik ishlar zahirasining kamligidir.
Psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya`ni etnopsixologiya 
bo`yicha ko`proq tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumhuriyatlar alohida
mustaqil davlat mavqen olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo`stlik mamlakatlari 
ittifoqi sharoitida millat o`rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy 
psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida quyilmoqda. 
Kichik guruhlar muammosi psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy 
tadqiqotlar o`tkazilgan ob`ektlardandir. Bu muammoni tadqiq etishda olimlar o`z oldiga 
shunday masalani qo`yganlar, ya`ni, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda 
yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir 
ko`rsatadi. Shuni ta`kidlash lozimki,bunday sharoitlarda individlarning o`zaro hamkorligi emas, 
balki ularning bir vaqtda bir erda birga bulganligi faktining ta`siri o`rganiladi. Olingan
ma`lumotlar shuni ko`rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi 
oshadi. Lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bu psixologik hodisa psixologiyada 
ijimoy fastsilitatsiya nomini oldi. Uning mohyati shundan iborat ediki, individning faoliyat 
mahsllariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo 
sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo`ladi. Lekin 
ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya`ni boshqalar ta`sirida individ 
reaktsiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari, bu narsa fanda ingibitsiya deb 
ataladi.



Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə