1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Idrok tushunchasining ta`rifi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

1. Idrok tushunchasining ta`rifi 
Shaxs tevarak - atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, 
balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi a`zolariga bevosita 
ta`sir etib turgan narsa - hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok 
deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok 
bir - biri bilan chambarchas bog`liq. Kishi narsa - hodisalarning ayrim xossalarini sezadi, uni bir butun 
holda idrok qiladi. CHunki, narsa va xossa bir - biridan ajralgan holda mavjud bo`lmaydi. Odam 
narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, 
uning shirinligini seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligini seziladi va boshqalar. 
2. Idrokning murakkabligi 
Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon 
hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: 
1. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: qovunni idrok qilish. Bunda 
quyidagi sezgilar ishtiroq etadi. Qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko`rish sezgisi, hidini aks 
ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta`m sezgisi, harakatni aks ettiruvchi teri sezgisi va 
boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning retseptiv tomonini tashqil etadi. Ular 
ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning pertseptiv tomonini 
tashkil etadi. 
2. Har bir idrok tarkibiga kishining o`tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. 
Biz bunday shakl va buyumlarni ilgari juda ko`p marta ko`rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz 
bor. SHuning uchun bu shakllardagi etishmagan joylarni o`sha bilimlardan olib qo`shamiz va bir butun 
aks ettiramiz. Demak, idrok jarayoniga xotira faoliyati qo`shiladi. 
3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi, Masalan, derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o`rmon yoki 
gullarga o`xshatish, kesib olingan daraxt to`nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o`xshatish, 
osmondagi pag`a – pag`a so`zib yurgan oq bulutlarni idrok qilib, to`plab qo`yilgan paxtaga o`xshatish va 
boshqalar. 
4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun 
yangi notanish bo`lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va “bu nima”, “buning nomi nima” degan 
savol tug`iladi. SHuning, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. YA`ni narsa yoki hodisaga nom 
beriladi, uni so`z bilan aytiladi va mavjud tushuncha doirasiga kiritiladi. Masalan “bu gul”, “bu mashina”, 
“bu kitob” va boshqalar. 
5. Idrok jarayoniga his - tuyg`ular ta`sir qiladi. Bu his - tuyg`ular idrok qilinayotgan narsa- hodisalar 
to`g`risida o`tmishda tug`ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonida vujudga 
kelishi mumkin. 
His - tuyg`ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, yorqin qiladi. 
6. Idrok jarayonida diqqat g`oyat katta ahamiyatga ega. 
Diqqat idrokning faolligini oshiradi va uning mukammal bo`lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani 
idrok qilish mumkin emas. Narsa - hodisalarni to`liq va raso idrok qilish uchun shu narsa - hodisalar 
ustida diqqat kuchli va barqaror turishi zarur. Demak, o`quv materialini yaxshi idrok qilish uchun 
o`quvchilar diqqatini uyushtirish kerak. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə