1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

II. Idrokning xossalari 
1. Idrokda ob`ekt va fon 
Odamga juda ko`p narsa va hodisalar ta`sir qilib turadi. Bo`lar shunday ko`p xossalariga egaki, hatto 
odam bir vaqtning o`zida ularga javob reaktsiyasi qaytara olmaydi. Odam ko`p sonli qo`zg`ovchilardan 
faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. SHu ajratib olingan narsa - hodisalar esa fon 
sanaladi. Masalan, o`qituvchi bir darsda bir necha o`quvchilardan so`raydi. Har safar so`ralayotganlar 
turadi. CHaqirilgan o`quvchi uning javobi, xatti - harakati idrok ob`ekti hisoblanadi. Boshqa o`quvchilar 
faoliyati idrok foni bo`lib qoladi. Idrok foniga kirgan o`quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok 
ob`ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok ob`ekti va foni dinamik tabiatga ega bo`lib, doimo o`zgarib 
turadi. Ob`ekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po`stida vujudga keladigan optimal 
qo`zg`alish o`chog`ining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob`ektdan boshqa ob`ektga 
o`tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob`ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikqilangan 
tasvirlar, Shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko`rish mumkin. Juda ko`p 
hollarda ob`ektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohida rang, shakl va boshqa belgilar 
bilan ta`kidlab qo`yiladi. Masalan: transport belgilari, temir yo`l ishchilari maxsus to`q sariq rangli kiyim 
kiyadilar va boshqalar. 
2. Appertseptsiya 
Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob`ektlar va shaxsning o`zida bo`lgan bir qancha omillar 
bilan taqozo etiladi. 
Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta`siri va unda aks etuvchi mazmunni 
appertseptsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma`lumotlari, turmush tajribalari, 
kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, dunyoqarashlari jihatidan turlicha idrok qiladilar. 
Kishining qaysi sohaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo`lsa, uning shu sahadagi idroki ham to`liq, 
chuqur va sermazmun bo`ladi. Masalan, biror yangi mashinani mutaxassisning idrok qilishi va mutaxassis 
bo`lmagan kishining idrok qilishi, bir mevali bog`ni rassom, agronom va savdo xodimining idrok qilishi 
bir-biridan farq qiladi. 
Appertseptsiya hodisasi og`zaki nutqni idrok qilishda ham yaqqol ko`rinadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə