1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


“Vaqtni ortga qaytarish” (xayolni mashq qildirish)



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

“Vaqtni ortga qaytarish” (xayolni mashq qildirish). 
Har bir ishtiroqchiga kichik hikoya tuzish uchun mavzu beriladi. Masalan, “Teatr”, “Magazin”, 
“SHahar tashqarisiga sayr”. Topshiriq olgan ishtiroqchi ushbu mavzuga aloqador hikoyani orqadan 
oldinga qarab so`zlab berishi kerak, ya`ni xuddi kino tasmasini ortga qaytargan kabi. 
14 - mavzu: Hissiyot 
Reja: 
1. Hissiyot haqida tushuncha. 
2. His - tuyg`ularning vazifasi. 
3. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari. 
4. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. 
5. Hissiy holatlarning ifodalanishi. 
6. Hislarni kechirish shakllari. 
7. Yuksak hislar. 
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 
Bilishga qiziqish — intellektual hissiyot; 
Stenik his — aktivlikning kuchayishi; hayajonlanish; 
Ehtiros — iroda bilan bog`liq emotsiyalar, ijobiy yoki salbiy; 
Stress — kuchli hayajonlanish, kuchli qo`zg`atuvchi ta`sirida tug`iladi; 


Kayfiyat — barqaror emotsional holat; 
Hissiyot — tashqi ta`sirlarga ongning munosabat bildirishi; yuksak ehtiyojlarning 
qondirilishi yoki qondirilmaganligi; 
Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo`lish qobiliyati; 
Emotsiyalar —qo`zg`atuvchiga inson va hayvonlarning reaktsiya bildirishlari, xursandlik, 
g`amginlik, darg`azablik; 
Ambivalentlik — bir vaqtning o`zida qarama - qarshi his - tuyg`ularni ichdan kechirish (quvonch va 
tashvish, sevgi va nafrat); 
Apatiya — toliqish, hastalik yoki boshqa sabablar ta`sirida atrofdagilarga qiziqishning yo`qolishi, 
befarqlik bilan bog`liq hissiy holat; 
Affekt — kuchli, shiddatli, qisqa muddatli hissiy holat; 
Depressiya – xatti - harakatlarning tormozlanishi, faollikni kamayishi bilan bog`liq tushkunlik 
kayfiyati; 
Kinoya — muhokama qilinayotgan shaxsni tashqi jihatdan ma`qullab, yashirin, engilgina ustidan 
kulish; 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə