1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Hissiy holatlarning fiziologik asoslari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

2. Hissiy holatlarning fiziologik asoslari 
Hissiy holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy 
holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir. 
Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv 
qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa 
markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti 
markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam 
uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo 
bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu 
jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Katta 
miya yarim sharlar po`stidan pastda organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari; nafas olish, yurak 
va qon tomirlarini idora qilish, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlarini ishini idora qilish va boshqa 
markazlar joylashgan. SHuning uchun po`stlok osti markazlarining qo`zg`alishi bir qator ichki a`zolar 
faoliyatini kuchaytirishga olib keladi. Hissiy holatlar o`zining fiziologik mohiyati jihatidan katta yarim 
sharlar po`stining va miya po`sti boshqaradigan po`stloq osti markazlarining funktsiyasigina bo`lib 
qolmay, balki miyaning boshqa qismlari ishni boshqaradigan retikulyar tuzilmaning vazifasidir. Miyaning 
talamus (ko`rish tepaligi) va gipotalamus (tepacha osti qismi) deb atalgan joyining qadimgi po`stloq osti 
tuzilishlari bilan yarim sharlar yangi po`stlog`i osti tuzilmalari o`rtasidagi limbik tizimning vazifasidir. 
4. Insoniy his - tuyg`ular va hayvonlardagi emotsiyalar 
Odam his - tuyg`ulari bilan hayvon hissiyotlari o`rtasida farq juda katta. Odamda juda ko`p 
miqdorda his - tuyg`ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo`q. SHuningdek, odam va hayvon 
uchun umumiy bo`lgan g`azablanish, qo`rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g`amginlik 
emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. 
Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. 
emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon bo`ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni 
juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyat, oilaviy hayot o`rtasida paydo 
bo`lgan munosabatlarning ko`pligi sof insoniy hissiyotlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ular bolalarga 
odob bilan javob berishni, suhbatdoshga ochiq ko`ngil bilan jilmayishni, keksalar va nogironlarga hurmat 
bilan joy bo`shatib berishni o`rgatadi. Odam o`z hissiyotlarini o`zi boshqaradi. Ba`zan kishilar o`z 
emotsiyalarnni yashirish niyatida qarama - qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qaygurish yoki 
qattiq og`riq paytida kulimsirash, kulgilar kelgan paytda yuzlarini jiddiy o`ychan holga keltira oladilar. 
Lekin o`zining imo - ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish , qon aylanishi va 
ovkat hazm qilish tizimidagi o`zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo`ladi. Odam hayajonlangan paytda 
bir maromda nafas ola biladi, ko`z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o`zgartirish yoki 
qizartirishga kodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o`zini chalg`itishi mumkin. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə