1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

Mavzu yuzasidan nazorat savollari 
1. Nima uchun baho ob`ektiv bo`lishi kerak? qanday vaziyatlarda baho irodaviy sifatlar rivojlanishini 
ta`minlaydi? 
2. Velosipedni boshqarishni o`rganayotgan kishi yiqilib tushishni o`ylagan zahotiyoq yiqilib tushadi. 
Bunda irodaning qanday mexanizmi namoyon bo`ladi? 
3. Irodaning rivojlanishida shaxmatning roli kattaligini asoslab bering. 
4. Hayvonlarda iroda bo`lishi mumkinmi? 
5. Irodaning individual xususiyatlarini ko`rsating. 
6. Siz o`zingizni irodasi kuchli deb hisoblaysizmi? Nima uchun? Asoslab bering. 
 
16 - mavzu: Temperament 
Reja: 
1. Temperament haqida tushuncha. 
2. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 
3. Temperament xususiyatlari. 
4. Temperament tiplari. 
5. Faoliyatning individual uslubi va temperament. 
6. Temperamentni tarbiyalash. 
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 
Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha bo`lib, kamgaplik, 
odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo`llaniladi. 


Melanholik - temperament tipi, tez ta`sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida, chuqur qayg`uradigan 
kishilar. 
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi, muvozanati) 
barqaror yig`indisi. 
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, 
faol kishilar. 
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror 
xususiyatlari yig`indisi. 
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror, sekin harakat qiladigan 
kishilar. 
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o`zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab 
tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə