1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy tizim va fan sifatida



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#161499
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy tizim va fan sifatida


1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy tizim va fan sifatida.
Raqamli iqtisodiyot -bu iqtisodiy ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida amalga oshirish tizimidir. 1995 yilda amerikalim dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada? Masalan : oddiy poyafzalni bozordan bevosita o’zi borib tanlab olgan holda sotib olsa bu an’anaviy iqtisodiyot hisoblanadi. Xuddi shu jarayon telegrammdagi bot orqali yoki maxsus saytlar orqali amlga oshirilgani bu raqmli iqtisodiyot hisoblanadi. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə