353
Ochilov Ilyos Keldiyorovich
“Sug’urta ishi”
kafedrasi mudiri,
i.f.n. dotsent
I.
Ochilov dastlabki pedagogik faoliyatini 1997-1999 yillarda “Buxgalteriya
hisobi, nazorat va audit”
kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, 2001-2005
yillarda kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi va
dotsenti lavozimlarida olib
bordi.
U 2005-2007 yillarida sirtqi moliya-hisob iqtisod fakulteti dekan muovini va
dekani lavozimlarida ishladi. 2007-2010 yillarida akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor, 2010-2013 yillarida moliya-iqtisodiyot
ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritdi.
I.Ochilov tomonidan jurnal va konfirentsiyalarda 20
dan ortiq tezis hamda
maqolalar nashr qilib kelmoqda. Shuningdek uning muallifligida “Moliyaviy
xisob” (2004), “Moliyaviy xisob-2” (2004), “Moliyaviy xisob” (2007) va
“Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya xisobi va audit” (2008), “Sug’urta
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va xisoboti” (2010) o’quv qo’llanmalari nashir
etilgan. U muallifligidagi “Sug’urta tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi va
xisoboti” o’quv qo’llanmasi 2012 yilning eng yaxshi darsligi va o’quv
qo’llanmasi tanlovida III darajali diplom g’olibi bo`ldi.
Hozirgi kunda “Sug’urta ishi” kafedrasi
mudiri lavozimida faoliyat
yuritmoqda va “Sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilni
takomillashtirish yo’nalishlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi
ustida ilmiy
ish olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: