33
1
«Sug‘urta huquqi» fanining dolzarbligi va o‘kitish strukturasi
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng sug‘urta sohasida tub
o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy islohotlar tufayli
tarmoqda raqobat asosida
faoliyat ko‘rsatadigan turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari vujudga keldi.
Bugungi kunda sug‘urta tashkilotlari bozor ifratuzilma-sining muhim bo‘g‘ini
sifatida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qilayapti.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to‘laqonli sug‘urta
bozorini barpo etish va uni barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun etarli darajada
iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Sug‘urta sohasida mavjud bo‘lgan davlat
monopoliyasiga barham berildi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz rahbariyati va
hukumati sug‘urta sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga va
rivojlantirishga muntazam e’tibor berib kelayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori sug‘urta tizimini barqaror faoliyat ko‘rsatishi hamda sug‘urta
xizmatlari bozorini taraqqiy etishi borasida yangi imkoniyatlar yaratdi.
Mazkur
Qarorga muvofiq, mamlakatda sug‘urta sohasining jadal rivojlanishini ta’minlash,
aholining sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sug‘urta madaniyatini
ko‘tarish maqsadida, mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha
aholi va korxonalarning
to‘lagan sug‘urta mukofotlari summasi ularning daromad solig‘i bazasiga
kiritilmasligi shaklida soliq imtiyozi joriy etildi
1
.
Davlatning bosh islohotchi
sifatidagi roli sug‘urta sohasida ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini
yuqorida qayd etilgan qaror yaqqol ko‘rsatmoqda. Zero, Prezident I.Karimov
ta’kidlaganlaridek, “parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik
uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik
2
”.
“Sug‘urta huquqi” fani talabalarga mazkur
sohaning nazariy va amaliy
asoslarini puxta egallab olish imkoniyatini beradi. Ushbu fanda sug‘urtaning
iqtisodiy mohiyati, sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan atama va tushunchalar kabi
dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. Mazkur fan O‘zbekistonda iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish jarayonida Sug‘urta huquqi asoslarini bozor
munosabatlari tamoyillari asosida o‘rganadi va bu holat fanning katta ahamiyatga
ega ekanligini ko‘rsatadi.
“Sug‘urta huquqi” fanining asosiy maqsadi O‘zbekistonda
jamiyatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
sharoitida sug‘urtaning ishini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini
o‘rganishdan iborat.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. – “Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 11 aprel.
2
Karimov I.A. Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari.- T.: O’zbekiston, 2009. – 7 bet.
34
Ushbu fan quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi: ehtimollar
nazariyasi, matematik
statistika, statistika, moliya va boshqa shunga o‘xshash
fanlar.
Talabalar o‘quv dasturida keltirilgan mavzularidan tegishli tartibda tanlab olib
loyiha va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg‘ulotni olib boruvchi
o‘qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: