Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti O`zbekiston huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni shakllantirish yo`lidagi islohotlar



Yüklə 12,33 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü12,33 Mb.
#133214
Suxrobb


Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
O`zbekiston huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi , demokratik jamiyatni shakllantirish yo`lidagi islohotlar
Bajardi:Jabborov Suxrob Ulug’bek o’g’li
REJA:
O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar.
Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi.
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik.
Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo‘lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O‘zbekiston ham o‘z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo‘linishi asosida tashkil etgan.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning huquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.
O`zbеkiston ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi, dastlabki asosiy partiyalarning shakllanishi.
Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatish prinsiplari
  •  ixtiyoriylik
  •  a’zolarning teng huquqliligi
  •  o’zini-o’zi boshqarish
  •  qonuniylik
  •  oshkoralik

  • Quyidagilar ta’qiqlanadi: Irqiy, milliy, ijtimoiy, diniy adovat va nafratni targ’ib etuvchi, zo’rlikka va konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlashga chaqiruvchi siyosiy partiyalar.

O’zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.
1. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.
2. 1995 yil 18 fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I - ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy- siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
4. 2003 yil oxirida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat.
O’zLDP ning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
Mustaqillik sharoitida O`zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning ko`ppartiyaviylik asosida shakllanishi. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati. Ikki palatali parlamеnt tuzish to`g`risidagi O`zbеkiston rеfеrеndumi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni yer kurramizda “Inson huquqlari o‘n yilligi” deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma’ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan:
1.Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta’minlash;
2.Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
3.Qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash;
4.Sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan sud tizimini demokratlashtirish;
5.Aholi ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:
-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.
O`zbеkistonimiz bosib o`tgan kеyingi o`n yillik davr aholimizning kеng qatlamlari qo`llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo`ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo`yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar kеng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko`rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqarolar yig`inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbеkiston xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg`armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o`tish mumkin.
E`tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 12,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə