1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Tarbiya xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog‟liqligi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə4/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Tarbiya xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog‟liqligi. Tarbiya fanini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo‘lib xizmat
qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni
bilan shug‘ullanadigan tarbiya fani falsafa fani bilan bog‘liqdir. Tarbiya fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiya ishlari tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiya bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi. Tarbiya jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyani tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiya fanlar bilan bog‘liqligini quyidagicha chizmada ifodalash mumkin:
O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Anatomiya, fiziologiya
fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi.
Shuning uchun ham tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq ish ko‘radi. Har qanday tarbiyani amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, tarbiya fani gigiyena fani bilan ham bog‘langan. Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday ekan, Tarbiya fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə