1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə17/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
TBA MARUZA

Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomiriarga haydaganda qon tomirlarning tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi bilakda ikkiga shoxlangan joyda, chekkada va boshqa yerlarda sezish va sinash mumkin. Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga toʻgʻri keladi. Yangi tugilgan bolada bir daqiqada puls 120-140-marta bolib, yoshi ortishi bilan puls kamaya boradi. Puls odamning holatiga, tashqi muhit haroratiga, odamning yoshi va moddalar almashinuvining borishiga bogʻliq boʻladi. Bir yoshdagi bolalarda pulsning har xil bolishi yurakning tuzilishi, funksiyasi, nervlar bilan ta ʻminlanish darajasiga, bolaning tipologik xususiyatlariga bogʻliqdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda puls turgʻunlasha boradi. Mehnat jarayonida, jismoniy mashgʻulotlar vaqtida, o ʻta hayajonlanishda bolalarda puls ancha tezlashadi.
Qon bosimi. Yurak qisqarishi tezlashib, sistolik hajmi ortganda qon bosimi ko tariladi, yurak ishi sekinlashib, sistolik hajmi kamayganda qon bosimi pasayadi. Arteriya qon bosimi qon tomirlar diametrining umumiy yigʻindisiga bogʻliq. Arterial va kapillyar tomirlar devori torayganda qon bosimi ortadi, kengayganda aksincha boladi, yaʻni pasayadi. Sogʻlom odamda qon tomirlar muskulli devorining harakati nerv gumoral mexanizmi bilan boshqarilib turishi tufayli qon bosimi bir meʻyorda saqlanadi. Bu mexanizm buzilsa, qon bosimi oʻzgaradi. Katta odamda aortada maksimal, yaʻni sistolik bosim simob ustunida 120-140 mm, yelka arteriyasida 110-125 mm, minimal, yaʻni diastolik bosim 90-80mm, mayda arteriyalarda 70-80 mm, arteriyalarda 40-60 mm, kapillyarlarda 20-40 mm, yirik venalarda 2-5 mm boladi. Maksimal qon bosimi bilan minimal qon bosimi oʻrtasidagi farqqa puls bosimi deyiladi. Puls bosimi oʻrta hisobda simob ustunida 30-40 mm boʻladi. Bolalarda arterial qon bosimi kattalardagiga qaraganda ancha past. Yangi tugilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65 m, bir yosh oxirida 90-105 mm, minimal qon bosimi 50 mm boʻladi. 0ʻgil va qiz bolalarning qon bosimi 5 yoshgacha bir xil bo'ladi. 5 yoshdan 9 yoshgacha oʻgʻil bolalarda simob ustunida 1-5 mm, yaʻni qizlarnikiga nisbatan yuqori boʻladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha qizlarda 1-5 mm boʻladi. Jinsiy balogʻat yoshida oʻgʻil bolalarda qon bosimi bir
oz koʻtariladi. Bolaning yoshi ortishi bilan qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak massasi va hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi, biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa oʻgʻil bolalarda yurak sistolik hajmining yuqori bo'lishi bilan izohlanadi. Qon bolalarda kattalarga nisbatan tomirlarda ancha tez oqadi. Yangi tugilgan bolada qon organizmdan 12 soniyada, 3 yoshda 15 soniyada, katta odamda esa 22 soniyada aylanib chiqadi. Bolalarda qonning aylanib chiqishi uchun kam vaqt sarflanishiga sabab shuki, ularning qon tomirlari kalta boiadi, yuragi tez ishlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari Bolalar ulgʻaygan sayin jismoniy ish bajarganda puls soni ortib boradi. 8-9 yashar bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184, 14-15 yoshda boʻladi. 16-18 yashar oʻsmirda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201 boladi. Jismoniy ishdan soʻng 8 yashar bolalarda puls tezroq va 16-18 yashar oʻsmirlarda sekinroq bolib, asli holiga keladi. Bolalar charchaganda o ʻrtacha puls siyraklashadi. 0 ʻquvchilar oʻquv yili oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola jismoniy mashq bilan muntazam ravishda shugʻullanib tursa, yuragining massasi va sistolik hamda daqiqalik hajmi ancha ortadi. Changida yurganda, velosiped uchganda, futbol oʻynaganida, yengil atletika va boshqalar bilan shugʻullanganda bolalar yuragining massasi, sistolik va daqiqalik hajmi ortadi. Yuraking sistolik hajmi muskul ishi vaqtida 12 yashar bolalarda 104 sm 13 yoshda 112 sm 14 yoshda 116 smʻ boʻladi. Yurak-tomir sistemasiga turli his-hayajon (xursandchilik, gʻam, ogʻriq, qoʻrquv va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta ʻsir etadi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə