1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə50/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
TBA MARUZA

TRANKVILIZATORLAR


Xlordiazepoksid (elenium), seduksen (sibazon, diazepam), fenazepam, tazepam (nozepam), mezapam (rudotel), tetrazepam, meprotan, amizil, trioksazin. Trankvilizatorlar markaziy nerv tizimiga, ruhiyatga oʻziga xos tinchlantiruvchi-anksiolitik taʻsir koʻrsatadi, qoʻrquv, hayajon, bezovtalik, ruhan ezilish, gʻam-tashvish tuygʻularini kamaytiradi. Trankvilizatorlar ataraktik — ruhiyatni tinchlantiradigan, xotirjamlik keltiruvchi moddalar deb ataladi. Moddalarning psixozga qarshi taʻsiri juda kam.
Kimyoviy tuzilishi jihatidan trankvilizatorlar asosan benzodiazepin unumlaridan iborat. Moddalarning anksiolitik taʻsiri limbik sistema bilan bogʻliq, shu yerda oʻziga xos benzodiazepin retseptorlarini bogʻlab, ularni qoʻzgʻatadi. Benzodiazepin retseptorlari esa GAMK retseptorlarining modulyatori hisoblanadi, shu tufayli benzodiazepin retseptorlarining qoʻzgʻalishi GAMK ergik toʻqimalari faolligini oshiradi, GAMK — mimetik taʻsir koʻrsatadi, neyronlar faolligini susaytiradi.
Trankvilizatorlarning kimyoviy tuzilishi.
Trankvilizatorlar markaziy nerv tizimining qoʻzgʻatuvchi hamda harakatlantiruvchi faoliyatini kamaytiradi. Anksiolitik, sedativ taʻsir tufayli bu moddalar uyquga ketishni osonlashtiradi, davomli tinch uyqu keltiradi, shuning uchun bu moddalar bolalar va kattalarda uyqu dori sifatida psixonevroz holatlarida, yurak, meʻda-ichak nevrozida hamda xirurgiyada premedikatsiya uchun qoʻllanadi. Benzodiazepinlar polisimnaptik spinal reflekslarni tormozlab, mushaklarni boʻshashtiradi, bular markaziy taʻsir etuvchi relaksantlar deb atalishi ham mumkin, talvasaga qarshi hamda narkotik moddalar taʻsirini oshiradi.
Trankvilizatorlar skelet mushaklarini, ayniqsa, ularning tonusi oshganda boʻshashtiradi, bolalardagi koʻkyoʻtalda, talvasali yoʻtal xurujida, astmada foyda qiladi. Talvasaga qarshi modda sifatida epileptik statusda, talvasa keltiradigan moddalar bilan zaharlanganda, ensefalit, meningit, yuqumli kasalliklar asosida kelib chiqqan neyrotoksikoz hamda harorat oshib ketganda yuz beradigan talvasalarda qoʻllaniladi. Benzodiazepin moddalarning baʻzilari gipoksiyaga qarshi taʻsir etadi. Moddalar vegetativ nerv tizimiga taʻsir koʻrsatmaydi, lekin anksiolitik va sedativ taʻsiri tufayli simpato-adrenal sistema faolligini kamaytiradi, shuning uchun bu moddalar gipertoniya kasalligining boshlangʻich bosqichlarida, stenokardiyada, meʻda-ichak yarasida va boshqa psixosomatik kasalliklarda qoʻllanadi.
Bolalar amaliyotida duduqlanish, enurez, ekzema, neyrodermit, tomirlar vegetativ distoniyasida, mushaklar tirishganda qoʻllanadi. Benzodiazepinlar meʻda-ichak orqali yaxshi soʻriladi, asosan enteral hamda parenteral yoʻl bilan yuboriladi. Organizmda biotransformatsiyaga uchraydi, ulaming metabolitlari, konʻyugantlari hamda oʻzgarmagan qismi buyrak hamda meʻda-ichak orqali organizmdan chiqib ketadi; moddalar kam zaharli boʻlsa ham davomli qoʻllanganda salbiy taʻsirlari: bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, koʻngil aynishi, ayollarda hayz siklining oʻzgarishi, erkaklarda potensiyaning kamayishi, bolalarda diqqat-eʻtibor, xotiraning susayishi kuzatiladi. Davomli qoʻllanganda moddalarga oʻrganib, tobe boʻlib qolish mumkin, ulaming teratogen taʻsiri ham bor.
Benzodiazepinlar bir-biridan faolligi, taʻsir muddati, zaharliligi va zararliligi bilan farq qiladi. Taʻsir muddati boʻyicha benzodiazepinlarni quyidagicha qatorlash mumkin: fenazepam, xlordiazepoksid, seduksen, tazepam.
Xlordiazepoksid (elenium) birinchi benzodiazepin modda boʻlib, nevroz holatlarida, qoʻrquv, hayajonlanishda tavsiya etiladi, psixiatriyada, tutqanoqda; alkogolizmda, narkomaniyada abstinensiya sindromini davolash uchun qoʻllanadi. Xlordiazepoksid ogʻriq qoldiruvchi xususiyatga ham ega, xirurgiyada jarrohliklardan keyin boʻlgan ogʻriqlarda qoʻllanadi. Jigar, buyrak, ogʻir miasteniya kasalliklarida xlordiazepoksidni qoʻllash man etiladi.
Seduksen (sibazon) anksiolitik, mushaklami boʻshashtirishi jihatidan xlordiazepoksiddan ustunroq, benzodiazepinlar ichida yogʻda yaxshi erishi tufayli miya toʻqimalarida aniqlanadi. Moddaga psixik tobelik paydo boʻlishi mumkin, davolash 2 oydan oshmasligi, takroriy davolashni 3 haftadan keyin boshlash kerak. Psixomotor qoʻzgʻalishlarda, kuchli qoʻrquvda mushaklar orasiga, epileptogen Statusda venalarga yuboriladi.
Fenazepam (nozepam) yuqori darajada anksiolitik taʻsirga ega. Anksiolitik va talvasaga qarshi relaksant taʻsiri boʻyicha boshqa benzodiazepin moddalardan eng kuchlisi hisoblanadi. Kuchli trankvilizator boʻlgani uchun fenazepam qoʻllanganda salbiy taʻsirlar ham koʻproq uchraydi.
Tazepam anksiolitik, tinchlantiruvchi, talvasalarga qarshi taʻsirga ega, mushaklarni boʻshashtirish xususiyati boʻyicha boshqa benzodiazepin unumlaridan ustunroq. Mushaklar tortishganda, tendovaginit, miozitlarda qoʻllanadi. Tazepam kimyoviy hamda farmakologik jihatdan xlordiazepoksid hamda seduksenga oʻxshab ketadi, ularga nisbatan taʻsiri kuchliroq.
Mazepam ham yuqorida keltirilgan trankvilizatorlarga oʻxshab ketadi. Tinchlantiruvchi taʻsiri kamroq, baʻzi hollarda stimullovchi xususiyatga ham ega. Shu tufayli mazepam “kunduzgi” trankvilizator deb ataladi, chunki kunduzi qoʻllansa ham mehnat qobiliyati oʻzgarmaydi.
Kimyoviy tuzilishi boshqacha trankvilizatorlar: meprotan, amizil, trioksazin. Meprotan tinchlantiruvchi, mushaklarni boʻshashtiruvchi, talvasalarga qarshi taʻsir koʻrsatadi. Relaksant taʻsiri orqa miya, talamus, gipotalamusda oraliq neyronlardan qoʻzgʻaluvchanlikni oʻtkazishga toʻsqinlik qilishi bilan bogʻlanadi. Vegetativ nerv tizimiga deyarli taʻsir koʻrsatmaydi. Meprotan asosan nevroz va nevrozga oʻxshash holatlarda hamda vegetativ distoniyalarda, uyqusizlikda, jarrohliklardan oldin tinchlantirish, qoʻrquvni yoʻqotish hamda mushaklarni boʻshashtirish uchun qoʻllanadi. Uyquchanlik paydo boʻladi, harakatlanish koordinatsiyasi buziladi, ayrim hollarda bu modda eyforiyaga olib kelishi, psixik tobelik paydo qilishi mumkin.
Amizil anksiolitik, tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Markaziy xolinolitik, bosh miyaning retikulyar formatsiyasi xolinoretseptorlarini bogʻlashi tufayli tinchlantiruvchi taʻsirga ega. Narkoz uchun qoʻllanadigan, uxlatuvchi moddalar, narkotik analgetiklar taʻsirini oshiradi, talvasaga qarshi xususiyati bor. Amizil yoʻtal refleksini ham tinchlantiradi. Boshqa trankvilizatorlarga oʻxshab psixonevrozlarda qoʻllaniladi, markaziy M - xolinolitik boʻlgani uchun Parkinson kasalligida, ekstrapiramid oʻzgarishlarda, ichki aʻzolaming spazm holatlarida qoʻllash mumkin. Amizilning noxush asoratlari: M - xolinolitik (atropinga oʻxshash) taʻsiri bilan bogʻliq. Trioksazin oʻrtacha anksiolitik xususiyatga ega, kayfiyatni koʻtaradi, uxlatuvchi, mushaklarni boʻshashtiruvchi taʻsirlarga ega.



Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə