1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


VALERIANA PREPARATLARI - (tindirma, ekstrakt)



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə49/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
TBA MARUZA

VALERIANA PREPARATLARI - (tindirma, ekstrakt).


Valeriana oʻsimligining ildizidan tayyorlanadi. Tarkibida izovalerian va valerian kislotalari, borneol bor. Valeriana preparatlari MNSga tinchlantiruvchi taʼsir etadi, uxlatuvchi dorilarning taʼsirini kuchaytiradi, ichki aʼzolarning silliq mushaklarini boʻshashtiradigan spazmolitik taʼsir koʻrsatadi. MNSning qoʻzgʻatuvchanligini kamaytiradi. Asabni buzilishlari (serjahllik, qoʻzgʻalish), yurak qon tomir tizimining nevrozlarida, uyqusizlikda, koʻp hollarda boshqa tinchlantiruvchi va yurakka taʼsir etuvchi dorilar bilan birga ishlatiladi. Karvalol, valokardin tarkibiga kiradi.
ARSLON QUYRUQ OʻTINING PREPARATLARI - tarkibida efir moylari, saponinlar, burushtiruvchi moddalar, alkaloidlar bor. MNSga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Xossalari boʻyicha valeriana preparatiga oʻxshab ketadi.

LITIY TUZLARI. (Maniyalarni davolash vositalari).


Maniya-vasvasa, savdolik, telbalik va vajohat qoʻzgʻalishi bilan kechadigan ruhiy hastalik, maniakal-depressiv psixozning bosqichi.Maniya xastaligini davolashda psixozga qarshi vositalar va litiy tuzlari qoʻllanilishi mumkin. Lekin antipsixotik vositalarni qoʻllaganda umumiy sustlik, beparvolik, uyqusirash yuzaga chiqadi. Litiy tuzlari esa ancha ruhiy holatni moʻtadillashtirish bilan oʻziga xos va tanlab taʼsir etadilar, shuning uchun umumiy sustkashlik chaqirmaydilar ozgina sedativ taʼsir koʻrsatadilar xolos. Litiy tuzlari asosan maniyalarni oldini olish ѐki davolashda ishlatiladi. Taʼsir mexanizmi: hujayra ichida oksidlanish bilan kechadigan dezaminlash jaraѐnini kuchaytiradi va neyronal soʻrilishni oshiradi. Buning natijasida sinaps ѐrigʻida va ayniqsa postsinaptik membranadagi retseptorlar bilan bogʻlanadigan NA miqdori keskin kamayadi, shuning uchun ularni miya suyuqligidagi miqdori qon zardoblaridagiga qaraganda ikki marta kamroq. Buyrak orqali ajraladi, 80% reabsorbsiyalanadi. T½=24 soat. Ovqatda NaCl miqdori oshirilsa, litiy tuzlarining ajralishi tezlashadi. Tuzsiz ovqat va natriyni chiqarilishini oshiruvchi, peshob haydovchi vositalar litiy tuzlarini eleminatsiyasining kamayishiga va zaharlanishga olib keladi. Litiy tuzlari ona suti bilan ham ajraladi va goʻdakning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Tibbiѐt amaliѐtida litiy karbonat keng qoʻllaniladi (Lithii cazbanas) u faqat enteral yoʻl bilan kiritiladi. Psixozga qarshi taʼsiri sekin rivojlanadi. (2-3 xafta). Terapevtik taʼsir kengligi kichik. (Indeks= 2-3 ga teng). Shu sababli preparatni qoʻllaganda, qondagi miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. (1,6mekv/l dan ortiq boʻlmasligi kerak). Nojoʻya taʼsirlari: dispepsiya, mushaklarning xolsizligi, tremor, poliuriya, chanqash, boʻqoq. Buyrakning ajralish funksiyasining buzilganda, qalqonsimon bezning disfunksiyasida, meʼda va 12 barmoqli ichakning yarasi kasalligida qoʻllash mumkin emas. Oʻtkir zaharlanish: qayt qilish, diareya, ataksiya, dizartriya, tirishish, koma boʻlib, oʻlim boʻlishi mumkin. Davolash:osmotik diuretiklar, gemodializ.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə