1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va moddalar almashinuvi. Nafas olish tizimining tuzilishi va xossalari



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə19/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
TBA MARUZA

3-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va moddalar almashinuvi. Nafas olish tizimining tuzilishi va xossalari.


Reja:
1. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va xossalari.
2. Moddalar almashinuvi va energiya almashinuvi.
3. Nafas olish tizimining tuzilishi va vazifalari.
4. Oʻpkaning hayotiy sigʻimi va nafas olishning tartibga solinishi.

Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va xususiyatlari.


Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon boʻlib, bunda ovqat fizik va kimyoviy oʻzgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak boʻshligʻidan qon xamda limfa tomirlariga soʻriladi. Ovqat hazm qilish tizimi ogʻiz boʻshligʻi, halqum, qiziloʻngach, oshqozon, oʻn ikki barmoqli ichak, ingichka ichak, yoʻgʻon ichak, oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan.
Ogʻiz boʻshligʻi ovqat hazm qilish tizimining boshlangʻich qismi boʻlib, unda tishlar, til va soʻlak bezlarining kanalchalari joylashgan. Tishlar ikki xil boʻladi: sut tishlari va doimiy tishlar. Sut tishlari -20 ta, doimiy tishlar esa-32 ta boʻladi. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshgacha chiqadi. Bola olti oyligidan 12 yoshgacha boʻlgan davrda sut tishlar asta-sekin doimiy tishlar bilan almashinib boradi. Doimiy tishlar 32 ta boʻlib, kurak, qoziq, kichik va katta oziq (jagʻ) tishlarga boʻlinadi. Voyaga etgan odamlarda yuqori va pastki jagʻlarida 16 tadan tishlar mavjud boʻladi. Tishlar ovqatni maydalovchi hisoblanib, koronka, boʻyin va ildiz kabi qismlardan tashkil topgan boʻladi.
Til- ogʻiz boʻshligʻIda joylashgan muskulli organ boʻlib, ovqatni aralashtirish, tomoq tomonga surish, ovqatni taʻmini aniqlash va suzlarni talaffuz qilish kabi vazifalarni bajaradi. Ogʻiz boʻshligʻIda uch juft: til osti, jagʻ osti, quloq oldi kabi soʻlak bezlarining kanalchalari ochiladi. Ajralgan soʻlak ovqatni aralashtirib parchalashda xizmat qiladi.Chaqaloqning soʻlak bezlari juda kam soʻlak ajratadi. Bola hayotining toʻrtinchi oyidan boshlab, ajraladigan soʻlak miqdori koʻpayadi va bir kunda 150 ml ga etadi.
Halqum- burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, u shilliq va muskulli qavatlardan iborat.Halqumning vazifasi ovqatni ogʻiz boʻshligʻidan qiziloʻngachga, xavoni burun boʻshligʻidan –hiqildoqqa oʻtkazishdan iborat.
Qiziloʻngach- bolalar va oʻsmirlarda oʻrtacha 20-25 sm uzunlikda boʻlib, u ham shilliq va muskulli qavatlardan iborat. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga oʻtkazishdan iborat.
Oshqozon (meʻda) –chaqaloqning oshqozoni yumaloq shaklda boʻlib, 7-11 yoshda uning shakli kattalarnikidan farq qilmaydi. Uning sigʻimi chaqaloq davrida 5-10 ml boʻlib, birinchi oy davomida 30-35 ml gacha ortadi,yilning oxirida 250-300 ml ni tashkil etadi. Voyaga etgan insonlarda oshqozon 4 qismdan: kirish qismi, tub qismi, tana qismi va pilorik (chiqish) qismlardan iborat. Katta odamlarda oshqozonning sigʻimi oʻrtacha 2,5 litrni tashkil etadi. Oshqozonning shilliq qavati ostida 14 millionga yaqin bezchalar joylashgan boʻlib, ulardan bir sutkada uch litrga yaqin oshqozon shirasi ajraladi. Oshqozonda aralash ovqatlar 3-4 soat, yogʻli ovqatlar 5-6 soat, suv, sut, non va shirinliklar 2-3 soatda parchalanib oʻn ikki barmoqli ichakka oʻtkaziladi.
Oʻn ikki barmoqli ichak- bu ingichka ichakning boshlangʻich qismi boʻlib, uzunligi voyaga etganlarda 25-30 sm ni tashkil etadi. Bu ichakka oshqozon osti bezidan oshqozon osti shirasi va jigarning oʻt suyuqligi kelib quyiladi. Bu suyuqliklar ovqatni parchalab ingichka ichakka oʻtkazib beradi.
Ingichka ichak-oʻn ikki barmoqli ichakning davomi boʻlib, uzunligi voyaga etgan bolalarda 5-6 metrga tengdir. Ingichka ichakda ovqatning asosiy qismi hazm boʻladi va hazm boʻlgan ovqat qonga soʻriladi.Ingichka ichakning boshqa ichaklardan farqi shundaki, bu ichak devorida vorsinkalar deb ataladigan mayda soʻrgʻichlar boʻlib, hazm boʻlgan ovqatni qonga soʻrilishini taʻminlaydi. Ichakning butun yuzasida 4 millionga yaqin vorsinkalar boʻladi. Ingichka ichakda ovqat 6-8 soat atrofida saqlanadi.
Yoʻgʻon ichak- voyaga etgan odamlarda 1,5 metrdan iborat boʻladi va olti qimdan tashkil topgan. Bolalarda dastlab yoʻgʻon ichak ancha nozik va kalta boʻladi. Soʻngra yoʻgʻon va uzunlashadi. Bu ichakda asosan qoldiq ovqatlar saqlanadi. Bu ovqatlar 18-20 soatgacha turadi. Yoʻgʻon ichak bilan ingichka ichakning birlashgan joyida koʻr ichak va chuvalchangsimon oʻsimta joylashgan boʻladi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə