1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə27/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
TBA MARUZA

Nafas olish organlari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlar
Nafas tizimi –nafas yoʻllari, oʻpka, nafas muskullari va nafasni boshqaruvchi mexanizmlarga ajratiladi.
Nafas yoʻllari-odatda yuqori,oʻrta va pastki nafas yoʻllariga ajratiladi. Yuqorigi nafas yoʻllariga burun va tomoq kiradi. Chaqaloqning burni nisbatan kichik boʻladi. Yuqorigi va oʻrta burun yoʻllari ancha kalta 1 mm atrofida boʻladi. Shu sababdan bola burun orqali nafas olganida havoning oʻtishiga qarshilik yuqori boʻladi. Chaqaloqning ogʻiz orqali nafas olishi qiyin, chunki til xiqildoq usti togʻayini orqaga surib, havo yoʻlini toʻsib qoʻyadi. Goʻdakning tomogʻi ham kichkina va tor boʻladi.
Oʻrta havo yoʻllari- hiqildoq, kekirdak va bronxlardan tashkil topgan. Uch yoshgacha oʻgʻil va qiz bolalarda hiqildoqda farq boʻlmaydi. Toʻrt yoshdan boshlab oʻgʻil bolalar hiqildogʻi tez oʻsa boshlaydi. Oʻn yoshga borib oʻgʻil bolalar ovozi ham oʻzgarishga uchray boshlaydi. Bola tugʻilganida uning oʻpkasi ancha nozik boʻladi. Chaqaloq oʻpkasida hammasi boʻlib, 20 million pufakchalar (alveolalar) uchraydi. Bu pufakchalar tashqaridan kirgan xavoni oʻzida saqlab turishda xizmat qiladi. Bola hayotining birinchi uch oyi davomida oʻpkasi ogʻirligi ikki marta -50 g.dan 95 g gacha ortadi. Sakkiz yashar bolaning oʻpkasi ogʻirligi chaqaloqnikidan 8-marta, 12 yoshar bolaniki 10-marta, kattalarniki esa 20-marta koʻp.
Bolalar va oʻsmirlarda nafas olish va chiqarish jarayonini –uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi tartibga solib, boshqarib boradi.
Uzunchoq miyada nafas olishni taʻminlab turadigan koʻplab neyronlar boʻlib, bu neyronlar avtomatik tarzda ishlaydi. Nafas olish va chiqarish jarayonida koʻkrak qafasi muskullari, diafragma muskullari( diafragma odamning koʻkrak va qorin boʻshligʻini ajratib turuvchi parda), tashqi va ichki qovurgʻalararo muskullar ishtirok etadi. Bola nafas olganida koʻkrak qafasi bir oz yuqoriga koʻtariladi, oʻpkaga xavo kiradi,tashqi qovurgʻalararo muskullar va diafragma muskullari qisqaradi yaʻni nafas olish yuzaga keladi. Nafas chiqarilganida koʻkrak qafasi kichrayadi,oʻpkadagi xavo ichki qovurgʻalararo muskullar va qorin muskullari faoliyati natijasida tashqariga katta bosim ostida siqib chiqarib yuboriladi. Demak,bolada nafas olish va chiqarish jarayonlari ana shu tariqa amalga oshiriladi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə