1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Organ va tizimlarning yosh xususiyatlari



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə35/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
TBA MARUZA

Organ va tizimlarning yosh xususiyatlari.


Organizm faoliyati asosan nerv tizimi orqali boshqarilib qolmasdan, bundan tashqari gumoral yoʻl bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan maʻlum boʻlgan. Organizm hayot faoliyatida hosil boʻlgan kimyoviy moddalar qon tomirlarga va hujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan moddalar organlar faoliyatiga taʻsir etib, ularni oʻzaro munosabatlarini taʻminlaydi. Odam va hayvon organizmi koʻp sondagi turli xil organlardan tashkil topgan boʻlib, ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir- biri bilan kelishilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatga boʻlib ishlashi natijasida organizm bir butun boʻlib tashqi muhitning oʻzgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi.
Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini taʻminlovchi murakkab boshqarish tizimi, uning ichki hayoti va tashqi muhitdagi xulq- atvoriga bogʻliqdir. Evolyutsiya jarayonida, shunday oʻziga xos organlar tizimi hosil boʻldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yoʻli boʻlmaydi, shuning uchun ular endokrin bezlar deb ataladi. Bu soʻz grekcha endo- ichki va krino- ajratish, chiqarish soʻzlaridan olingan. Ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlardan ishlanib chiqqan suyuqlik qonga quyiladi. Ular gormon ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlariga quyidagi bezlar kiradi: - qalqonsimon bez; - qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar; - ayrisimon bez; - meʻda osti bezi; - buyrak usti bezlari; - gipofiz; - epifiz; - jinsiy bezlar kiradi.
Meʻda osti bezi va jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi, chunki ular ham gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon orqali butun organizmga tarqaladi. Bu gormonlar moddalar almashinuvini, yaʻni organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Shuningdek ular kishining jismoniy rivojlanishiga, ruhiy rivojlanishiga, balogʻatga yetishiga va boshqa koʻpgina funksiyalarga taʻsir etadi. Ichki sekretsiya haqida tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855- yilda maxsus tekshiruv oʻtkazib, jigarning ovqat hazm qilish organlariga oʻt suyuqligi chiqarib berishini va qonga glikogen chiqarishini aniqlagan. Sunday qilib , organizmda tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya jarayonlari ham borligini isbot etgan va oʻz sekretlarini organizm ichiga chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan.
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv tizimining faoliyatiga bogʻliq boʻlib, bosh miya poʻstlogʻining idora qiluvchi, hamda nazorat etuvchi roliga boʻysunadi. Endokrin bezlar joylashgan oʻrniga koʻra 4 ta guruhga boʻlinadi: 1. Miya bezlari. larga epifiz va gipofiz kiradi; 2. Boʻyin va koʻkrak qafas bezlari. Bularga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari va ayrisimon bez kiradi; 3. Qorin boʻshligʻi bezlari. Meʻda osti bezi va buyrak usti bezi kiradi; 4. chanoq bezlari. Jinsiy bezlar kiradi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə